«Yuventus» boş murabbiyi Massimiliano Allegri «Barselona» bilan javob uçraşuvi haqida öz fikrlarini bildirib ötdi. Turinliklar birinçi bahsda 3:0 hisobida ğalaba qozonişgani tufayli turnirning keyingi bosqiçiga çiqişdi.

«Öyinçilar juda ajoyib harakat qilişmoqda. Ular maqtovga loyiq. Bu oldinga qöyilgan qadam hamda top-klassdagi raqib bilan uçraşuvdagi yaxşi natija keyingi bosqiçga çiqiş imkonini berdi. Biz juda yaxşi himoyalandik, hujumda esa bir qadar murakkabliklar böldi, biz qarşi hujumlardan unumli foydalana olmadik. Bu yerda katta bosim bor edi, ammo bu YeÇL finali bölib ötadigan Kardiffga qöyilgan juda muhim qadamga aylandi. 

Ikki öyinda bironta töp kirita olmagan «Barselona» - bu juda ğayritabiiy holat. Biz asta-sekin kuçayib bormoqdamiz, futbolçilar özlari yanada yaxşiroq öynaşlari mumkin ekanini tuşunişlari kerak. Biz ança xotirjamroq va şu bilan birga, tajovuzkor öynaşimiz kerak edi, biroq «Kamp Nou»da öz öyiningni körsatiş oson emas, sababi öz maydonidagi «Barselona» - bu umuman boşqa jamoa. Ular töpni juda tez harakatlantirişadi, hamda faqatgina ideal öyin körsatuvçi «Yuventus» keyingi bosqiçga çiqişi mumkin edi», - deya aytib ötdi Allegri Mediaset Premium efirida.