AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson çorşanba kuni Eron siyosati va bu davlat bilan yadro dasturi böyiça kelişuvni keskin tanqid qilib çiqdi. Uning sözlariga köra, Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi öz maqsadiga erişsa, omadsizlikka yuz tutadi, hamda Eron kelajakda Şimoliy Koreya yölidan borişi mumkin.
Bunday bayonot AQŞ prezidenti Donald Trampning Amerika qator mahkamalariga Erondan sanksiyalarni qisman oliş Vaşington manfaatlariga mos kelganini aniqlaş böyiça topşiriq berganidan söng qilindi.
Şu bilan birga, AQŞ davlat departamenti bir kun avval Eron 18 aprel kungi holatga köra, kelişuvlarga doir öz majburiyatlarini bajarayotgani haqida bayonot bergandi.
Trampning özi esa Eron bilan kelişuv “yomon” ekani va uni qayta körib çiqiş lozimligini köp bora aytib ötgan.
Kelişuv omadsizlikka yuz tutmoqda
Tillerson öz bayonotida Eronni köplab masalalar böyiça keskin tanqid qildi. U Tehronni terrorizmni moliyalaştiriş, kiberhujumlar, Fors körfazida kemalar harakatlanişiga tösqinlik qiliş, inson huquqlarining buzilişida aybladi.
"Eron – terrorizmga homiylik qiliş böyiça jahon yetakçisi va köplab mojarolarga mas'uldir. Şuningdek, u AQŞning Suriya, Yaman, Iroq va Livandagi manfaatlariga qarşi qöporuvçilik harakatlarini qilgan va Isroilga hujumlar qilişda davom etmoqda", - degan u.
Bundan taşqari, Tillerson Eron bilan xalqaro “oltitalik” vositaçilarning kelişuviga qarşi çiqdi. Uning fikriça, bu kelişuv Eronning noyadroviy maqomini uşlab turiş böyiça öz maqsadiga erişsa, muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi.
"Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi Eronning noyadroviy maqomiga erişsa, omadsizlikka yuz tutadi. Bu faqatgina uning yadro davlati böliş böyiça maqsadini ortga suradi, xolos. Bu kelişuv uning kelajakda Şimoliy Koreya yölidan borişiga imkon berişi mumkin", - deya aytib ötgan davlat kotibi matbuot anjumanida.
Uning qayd etişiça, “isbotlar aniq-ravşan” hamda “Eronning fitna harakatlari AQŞ, mintaqa va dunyoga tahdid solmoqda".
Tillersonning xabar berişiça, AQŞning Eronga nisbatan “strategik sabri” omadsiz usuldir.
Qaror qabul qiliş uçun 90 kun
Oq uy rasmiy vakili Şon Spayserning jurnalistlarga aytişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan keyingi harakatlar böyiça qarorni AQŞning milliy xavfsizlik böyiça Kengaşi boşçiligidagi mahkamalari kelişuvni diqqatlik bilan körib çiqişganidan söng qabul qiladi. Tegişli tavsiyalar 90 kun içida işlab çiqiladi.
Spayserning ta'kidlaşiça, AQŞ “öz harakatlari qanday ehtimoliy effekt olib kelişi mumkinligini yaxşi tuşunib turibdi”.
Kelişuv özgartirilmaydi
Tehron, öz navbatida, kelişuv özgarişi mumkinligini keskin rad etmoqda. Eron TIV rahbari örinbosari Kozim Sajapurning çorşanba kuni ma'lum qilişiça, “Eron öz majburiyatlarini bajarmoqda”.
"Men kelişuvni tekşiriş borasida bunday izohlarni avval ham eşitganman. Biroq şunga e'tibor qaratiş kerakki, bu xalqaro kelişuv edi, hamda öylaşimça, bu bosqiçda heç nimani özgartirib bölmaydi", - deya ma'lum qildi vazir örinbosari “Valday” Eron-Rossiya yopiq muhokamasi yakuni böyiça jurnalistlarga.
2015 yilning 14 iyul kuni Eron va “oltitalik” Eron atomi böyiça köp yillik muammoni hal qilişga oid tarixiy kelişuvga erişişdi. Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi qabul qilindi, uning bajarilişi esa Erondan avval BMT Xavfsizlik Kengaşi, AQŞ va Yevropa ittifoqi tomonidan kiritilgan iqtisodiy hamda moliyaviy sanksiyalarni olib taşlaydi. Reja 2016 yilning 16 yanvar kunidan kuçga kirdi.
Şu bilan birga, AQŞ Eronga nisbatan sanksiyalarni raketa dasturi, inson huquqlari va Tehronni terrorizmni moliyalaştirişda gumon qilib, bekor qilgani yöq.












