Yaqinda Taxtaköpir tumanida yangi korxona öz iş faoliyatini boşladi, deb xabar qilmoqda Kruz.uz.
Yangidan işga tuşgan “Kegeyli ekstrakt” Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasining direktori örinbosari Temirxan Xojalepesov ma'lum qilişiça, korxona tuman hududida joylaşgan «Quöanişjarma» irrigatsiya tarmoqlari boşqarmasining balansida bölgan, oldin qarovsiz qolgan böş binoni 420 ming AQŞ dollari investitsiya kiritiş yöli bilan nol bahoda sotib olib, u yerda iş faoliyatini boşlagan.
“Qizil miyani qayta işlaşga kerak bölgan zamonaviy uskunlar örnatilib bölgandan söng mart oyidan işni boşlab, qizil miya ekstraktini Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilişni boşladik. Yangi texnologiyalarni va mahsulotlar sifatini nazorat qilişda mahalliy yigitlarga xitoylik Xu Yongpeng va Ni Suitao öz tajribalarini örgatib kelmoqda”, - dedi direktor örinbosari.
Ma'lum bölişiça, dastlab qizil miyani faqat fermerlardan sotib olmasdan, uni korxona işçilari 2 ming gektar maydonga ekib yetiştirişni rejalaştirişgan. Buning uçun tuman hokimligidan yer sörab murojaat qilingan. Hozirgi vaqtda 50 odamni iş bilan ta'minlagan mazkur korxonada hom aşyoni qayta işlaş işlari qizğin olib borilmoqda.












