Qöşimça qabul hududlardagi davlat oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat taʼlim yönalişlari uçun amalga oşirildi.

Tanlovda kiriş imtihonlarida kamida 56,7 ball töplagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan qoraqalpoğistonlik abituriyentlar iştirok etdi.

Bunda abituriyentlar quyidagi talablarga ham javob berişi belgilangan:

davlat oliy taʼlim taşkilotining bakalavriat taʼlim yönalişiga abituriyent sifatida röyxatdan ötgan bölişi;

röyxatdan ötiş davrida doimiy yaşaş hududi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölişi;

Qoraqalpoğistondagi umumiy örta, örta maxsus yoki kasbiy taʼlim taşkilotini tamomlagan bölişi.

Qöşimça qabul parametrlarini şakllantirişda abituriyentlarning töplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan.

Tanlov natijalari böyiça qaydnomalar qabulni belgilangan tartibda rasmiylaştiriş uçun tegişli oliy taʼlim taşkilotlariga yuboriladi.

Abituriyentlar öz natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabineti orqali yoki mandat.uzbmb.uz saytiga ID raqamini kiritgan holda bilişi mumkin.