Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi dökonlar, gözallik va massaj salonlari hamda sartaroşxonalarga 2026-yil oxirigaça çet elliklarni patent asosida işga jalb qiliş taqiqlandi, deb xabar berdi şahar maʼmuriyatiga tayanib Interfaks.

Çeklovlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar (Belarus, Qozoğiston, Armaniston, Qirğiziston) fuqarolariga hamda işlaş uçun ruxsatnomaga ega bölgan çet elliklarga, jumladan, yuqori malakali mutaxassislarga taalluqli bölmaydi.

Gubernator Aleksandr Beglovning qarori bilan 2026-yil uçun çet ellik işçilarni patent asosida jalb qiliş taqiqlangan faoliyat turlari röyxati kengaytirildi.

Xabarda aytilişiça, röyxatga çakana savdo, jismoniy tarbiya va soğlomlaştiriş, tibbiyot sohasidagi ayrim yönalişlar, şuningdek, gözallik salonlari va sartaroşlik xizmatlari bilan boğliq faoliyat turlari qöşilgan.

Tibbiyot sohasidagi faoliyat turlari qatorida, xususan, massaj salonlari va sanatoriylar faoliyati keltirilgan.

Tadbirkorlarga öz xodimlari sonini yangi talablarga muvofiqlaştiriş uçun 15-dekabrgaça muhlat berildi.

Rasmiylar uşbu taqiq «iş örinlari birinçi navbatda Rossiya fuqarolari, jumladan, yoşlar va talabalar uçun yaratiladigan şaffof hamda tartibga solinadigan mehnat bozorini» şakllantirişga yordam berişiga umid qilmoqda.

Avval xabar qilinganidek, 2025-yil dekabr oyida Beglov 2026-yil oxirigaça migrantlarni patent asosida taksi haydovçisi va kuryerlik işlariga jalb qilişni taqiqlaş töğrisidagi qarorni imzolagan edi.