18-oktabrga ötar keçasi Sankt-Peterburg şahri va Leningrad oblasti dronlarning yirik hujumini boşdan keçirdi.

Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov Peterburg neft terminali va «Ruçi» neft bazasida dronlar zarbasi oqibatida yonğinlar çiqqanini tasdiqlagan. Hujum vaqtida 12 ta köp qavatli uy va ikkita xususiy uy ham şikastlangan. Bir kişi halok bölib, beş kişi jarohatlangan, ularning barçasi şifoxonaga yotqizilgan.

Şuningdek, Ozon kompaniyasining Peterburgdagi ombori (u yerda yonğin çiqqan, xodimlar jabrlanmagan) hamda «VKontakte»ning şahar taşqarisidagi data-markazi zarba ostida qolgan.

Bundan taşqari, şaharda kemalar ötişiga moslaştirilgan osma köprik hamda «Vostoçnaya» elektr nimstansiyasi, şuningdek, Vasilevskiy orolidagi narkologiya şifoxonasi zarbaga uçragan.

Hujum vaqtida Peterburgning bir qança rayonlari elektr taʼminotisiz qolgan. Pulkovo aeroporti vaqtinça yopilib, yölovçilar va xodimlar bombapanagohlarga olib tuşirilgan. Hozirga kelib aeroportda reyslarni jönatiş va qabul qiliş tiklangan.

Leningrad oblastida ham avariyali öçiş röy berib, 20 mingdan ortiq kişi tokdan uzilgan.

Peterburg şahri va Leningrad oblastida önlab avtomobillar va uylar şikastlangan, bir kişi halok bölib, 15 kişi jarohatlangan.

Rossiya mudofaa vazirligi hisobotiga köra, tunda mamlakat böylab 1015 ta dron urib tuşirilgan yoki töxtatilgan.

Peterburg neft terminali

Bumaga: vsyo o Peterburge / Telegaram
Foto: «Meduza»
Foto: EPA
AFP via Getty Images
Neft terminali tun böyi yongan