Futbol tarixidagi eng maşhur qarama-qarşilik — «El-klasiko», navbatdagi London derbisi. Umuman şanba va yakşanba dam oliş kunlari juda qiziqarli futbol uçraşuvlariga boy ötişi kutilmoqda. Tribuna.Uz bir yöla oltita markaziy uçraşuvlarga töxtalib ötadi.

«Çelsi» — «Tottenhem» (22 aprel, 21:15, Matç! Futbol 1)

Angliyada bu hafta çempionat bilan birga kubok uçraşuvlarning hal qiluvçi bosqiçi ham bölib ötadi. Tumanli albionning faxri hisoblangan «Uembli»da bölib ötadigan yarim final uçraşuvlaridan birida ikki London jamoasi kuç sinaşadi. «Çelsi» çorak finalda Joze Mourino boşçiligidagi «MYu»ni mağlubiyatga uçratdi.

Endi jamoa «Tottenhem» bilan final yöllanmasi uçun kuraş olib borişi kerak böladi. Çempionlik uçun kuraş olib borayotgan ikki jamoa kubokning bu bosqiçida ham özaro hisob-kitob qilişi yanada qiziqişga sabab bölişi tayin. «Çelsi» «Uembli»da ötkaziladigan yarim finallarning eng omadli jamoalaridan biri sanaladi. Jamoa bu yerda ötkazgan 6 yarim final uçraşuvining 5tasida ğalaba qozongan.

Ikki jamoa sönggi marta Angliya kubogi doirasida 2012 filda yarim finalda töqnaş kelişgan va öşanda «Uembli»da keçgan uçraşuvda «Çelsi» 5:1 hisobida ğalaba qozongandi. Umuman olganda «Tottenhem» Angliya kubogi doirasidagi «Çelsi»ga qarşi sönggi törtta uçraşuvda ğalaba qozona olmagan. «Çelsi» 

«Borussiya» (Myonxengladbax) — «Borussiya» (Dortmund) (22 aprel, 21:30)

Bundesligada turning eng qiziqarli uçraşuvlaridan biri ikki «Borussiya» jamoalari örtasida keçişi kutilmoqda. Ikki jamoa ham yevrokuboklar uçun kuraş olib bormoqda. Myonxengladbax Diter Hekking boşçiligida yana saralanganlar zonasiga qaytdi. Jamoa Yevropa Ligasi zonasiga kirişga yaqin turgan bölsa, Dortmundliklar «Hoffenhaym» bilan qaysi jamoa YeÇLga töğridan-töğri yöllanma olişiyu, qaysi jamoa saralaş bosqiçida iştirok etişi böyiça kuraşmoqda. «Hoffenhaym»ning «Kyoln» uyidagi durangidan söng dortmundliklarda 3-öringa kötarilib oliş uçun juda yaxşi imkoniyatga ega bölib turibdi.

Ikki jamoa ham bu uçraşuvdan keyin Germaniya kubogi yarim finalidagi iştirok etişadi. Myonxengladbaxliklar «Ayntraxt»ga qarşi, Dortmund esa «Bavariya»ga qarşi maydonga tuşişi lozim. Şu ma'noda bu uçraşuvda ikkala jamoa ham tarkibda bir qator rotatsiyalarni amalga oşirişi ham mumkin.

Ikki jamoa örtasidagi Myongxengladbaxdagi keçgan sönggi olti uçraşuvdan faqat bittasida «Borussiya» ğalaba qozongan. U ham ötgan mavsumdagi uçraşuvda kuzatilgan. Bu uçraşuvgaça «Dortmund» beşta uçraşuvdan iborat ğalabasiz seriyani ötkazgandi.

«Fiorentina» – «Inter» (22 aprel, 23:45, Sport TV, Matç! Futbol 2)

Joriy mavsumda «Inter»ning A Seriyadagi eng yaxşi natijasi qatorasiga yetti öyinda ovi baroridan kelgani böldi. Biroq jamoa sönggi 6 uçraşuvda bor-yöği yetti oçko töplaşga muvaffaq bölgan. Pioli şogirdlari tört uçraşuvdan buyon ğalaba qozona olmay kelmoqda. Paulu Souza jamoasi esa ketma-ket duranglar evaziga 8-örinda qolib ketmoqda. Bu uçraşuv jamoaning yevrokuboklar uçun kuraşiş yölidagi sönggi imkoniyati böladi. Agar jamoa ğalaba qozona olmasa, Yevropa ligasi yöllanmasidan ham butkul umidini uzaverişi mumkin.

Ikki jamoa örtasidagi «Fiorentina»da keçgan sönggi 5 uçraşuvning faqat bittasida «Inter» ğalaba qozongan.  Bu voqea bundan 3 yil muqaddam sodir bölgandi. Ammo jamoa 2012 yilga qadar «Fiorentina»da 7 uçraşuvdan iborat mağlubiyatsiz seriyani ötkazib kelgandi.

Arsenal – Mançester Siti (19:00, Matç! Futbol 1)

Angliya Kubogining bu yilgi yarim finalllari öziga xos tarzda bölib ötişi kutilmoqda. Çunki yaqin yillarda Premer-ligada kuçli oltilikdagi bir yölla törtta jamoaning bu bosqiçga yetib kelişi kuzatilmagandi. Şu ma'noda bu safar «Uembli»da bölib ötadigan ikki uçraşuv ham muxlislar orziqib kutadigan bölişi aniq bölib ulgurgandi. 

«Arsenal» va «Siti» bu uçraşuvda finaldagi raqibi kim bölişini bilgan holda çiqişadi. Bu jihatdan öyinda qançalik yordam berişi mumkin, oldindan biliş qiyin, biroq bu öyin sifatiga buzib qöymasligiga 100 foiz kafolat bor. Köpçilikning fikriça Venger «Arsenal»dagi sönggi mavsumini ötkazmoqda. Balki Gvardiolaning «Mançester Siti»si Londonda Venger uçun sönggi sovrinni yutişi uçun qarşilik qilar? Balki bu Venger uçun klubdagi sönggi sovrin bölar. Şu tomondan ham bu uçraşuv ahamiyati yuqori bölib turibdi.

Ikki jamoa Angliya kubogi doirasida faqat uç marta röbaro‘ kelgan bölib, sönggi ikki uçraşuvda «Arsenal»ning qöli baland kelgan. «Mançester Siti» Angliya kubogida sönggi marta «Arsenal»ni bundan bir asr ilgari, 1904 yilda mağlubiyatga uçratişning uddasidan çiqqan.

«Real» — «Barselona» (23 aprel, 23:45, UzReport)

Dunyo futbolidagi şubhasiz eng ommabop öyin. Futbol tarixidagi eng nomdor qarama-qarşilik — Ispaniya çempionatidagi hal qiluvçi bahsga aylanadi. «Barselona» çempionlik uçun sönggi umidini saqlab qolişi uçun Madridda ğalaba qozonişi şart. Hozirda «Barsa» va «Real» örtasidagi oçkolar farqi 3 oçkoni taşqil qilmoqda. Bu farqni yöqqa çiqariş orqali Enrike özining sönggi çempionlik unvoni uçun kuraşiş imkoniyatiga ega bölişi mumkin.

«El-klasiko»ning bu safargi uçraşuviga soya solib turgan kiçik unsur bu yöqotiş bölib turibdi. «Barselona» asosiy futbolçisi Neymar xizmatidan foydalana olmaydi. «Real» tarkibida himoyaçilar Pepe va Rafael Varan uçraşuvni ötkazib yuboradi. Garet Beylning iştiroki ham söroq ostida qolmoqda.

Madridda keçgan sönggi 13 ta «El-klasiko»ning faqat 2tasida «Real»ning qöli baland kelgan. Öşa 2009 yildagi maşhur 2:6 hisobidagi mağlubiyat bilan boşlangan omadsizliklar seriyasi 2015/2016 yilgi mavsumdagi 0:4 hisobidagi mağlubiyat bilan tugagan. Biroq boşqa tomondan «Real» «Kamp Nou»da keçgan sönggi ikki «El-klasiko»da mağlubiyatga uçramayapti.

Lionel Messi «El-klasiko» tarixidagi eng sermahsul futbolçi sanaladi. U «Real» darvozasiga jami 21ta töp kiritgan, 13ta golli uzatmani amalga oşirgan. Şuningdek 2 het-trik ham uning hisobida bor. «Klasiko»da «Real»ning ustunligi sifatida jamoaning joriy mavsumda öz uyida yutqazmay kelayotganini körsatiş mumkin. Şuningdek, madridliklar La-ligada 12 turdirki mağlubiyat nimaligini bilmaydi.

«Lion» – «Monako» (24 aprelga ötar keçasi, 00:15, Matç! Futbol 1)

Mavsum avvalida çempionlikka da'vogarlik qilişi kutilgan «şerlar» ayni damda YeÇL yöllanmasidan ham quruq qolişiga töğri keldi. Endilikda Bruno Jyenezio şogirdlari Çempionlar ligasi yöllanmasini qölga kiritiş uçun faqatgina Yevropa ligasida muvaffaqiyat qozonişi kerak böladi. Ötgan haftada jamoa Yevropa ligasi çorak finalida «Beşiktoş»da keçgan öta muhim uçraşuvda penaltilar seriyasiga köra ğalaba qozonib, yarim finalda iştirok etadigan böldi. «Monako» ham öz navbatida «Borussiya»ga qarşi ikkala uçraşuvdagi ğalabalar evaziga YeÇL yarim finalida iştirok etadigan böldi. Yevrokuboklarda Fransiya şarafini munosib himoya qilayotgan ikki jamoa örtasidagi çempionat uçraşuvi qiziqarli keçişi şubhasiz.

Ikki jamoa örtasida sönggi 6 uçraşuvdan buyon «Monako» ğalaba qozna olmayati. «Monako» çempionatda yetakçilik qilayotganiga qaramay birinçi davrada öz uyida keçgan uçraşuvda «Lion»ga imkoniyatni boy berib qöygandi. «Lion»da keçgan ötgan mavsumdagi uçraşuvda «Monako» 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qöygan. Umuman Lionda bölib ötgan sönggi 12 uçraşuvning faqat bittasida «Monako» ğalaba qozona olgan.

Şuningdek, bu haftada yana bir qator qiziqarli uçraşuvlar bölib ötişi kutilmoqda. Bundesliga kaşfiyoti «Leyptsig»ning «Şalke» uyida mehmon bölişi, hissiyotlarga töla Istanbul derbisi «Galatasaroy» va «Fenerbahçe» töqnaşuvlari şular jumlasidan. Bir söz bilan aytgan hafta uik-endi sizni zeriktirib qöymasligi aniq.