Xitoyning fazoviy yuk kemasi "Tyançjou-1" ("Fazo kemasi-1") va "Tyangun-2" ("Fazo saroyi-2") laboratoriyasi fazoda özaro birlaşdi.
Uning birlaşuvi avtomatik ravişda mahalliy vaqt bilan 12:16da amalga oşgan. Bu jarayon Xitoy markaziy televideniyesi orqali namoyiş etilgan.
Xitoy 20 aprel kuni Xaynan viloyatidagi Vençan kosmodromidan uçirilgan "Çançjen-7" raketa taşuvçisi yordamida Xitoyning birinçi milliy yuk taşuvçi fazo kemasi "Tyançjou-1"ni uçirgan edi.
U bortida 6 tonna yukni olib çiqdi. Yuklar orasida "Tyangun-2" laboratoriyasi uçun yoqilği va boşqa uskunalar bor edi.












