Aholi hamda ijtimoiy soha obektlari uçun qulay şart-şaroit yaratişda issiqlik va issiq suv ta'minoti böyiça uzluksiz va sifatli xizmat körsatiş eng muhim omillardan biri sanaladi.

Mamlakatimizda markazlaştirilgan issiqlik ta'minoti tizimi 1950–1970 yillarda oçiq suv taqsimoti hamda bino va inşootlarning isitiş tizimlarini issiqlik tarmoqlariga ulaş sxemasi asosida taşkil qilingan.

Montaj qilişda kam mablağ sarflanadigan, ammo foydalanişda katta miqdorda mablağ talab qiladigan bunday markazlaştirilgan issiqlik ta'minoti tizimlarining öziga xosligi içki isitiş tizimi va issiqlik tarmoqlari quvurlarining xizmat qiliş muddati qisqaligi, issiqlikni işlab çiqariş, transportirovka va iste'mol qilişda ekspluatatsiya xarajatlarining yuqoriligi, tarmoqlar orqali suv uzatiş va issiqlik quvvati ta'minotida belgilangan me'yordan ortiq mablağ sarflanişi bilan ifodalanadi.

Bugungi kunda qozonxona uskunalari va tarmoqlarning öta eskirgani sababli, mavjud issiqlik ta'minoti tizimida issiqlik manbalaridan maqbul darajada foydlanişning imkoni bölmayapti, bu esa issiqlik ta'minoti korxonalari faoliyatiga, iste'molçilarni issiqlik xizmati va issiq suv bilan ta'minlaş sifatiga salbiy ta'sir körsatmoqda.

Markazlaştirilgan issiqlik ta'minotidan uzilgan ayrim köp xonadonli uylar köpinça sertifikatga ega bölmagan va yonğin xavfsizligi kafolatlanmagan gaz va elektr uskunalari bilan isitilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2022 yillarda issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantiriş dasturi töğrisida»gi qarori iste'molçilarga issiqlik energiyasi yetkazib beriş sifatini oşiriş va uzluksizligini ta'minlaş, issiqlik ta'minoti tizimini zamonaviy tejamkor va kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etiş asosida yangilaş va modernizatsiya qiliş, yoqilği-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanişga doir çora-tadbirlarni izçil amalga oşiriş maqsadida qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan mamlakatimizda issiqlik ta'minoti tizimini yanada rivojlantiriş böyiça quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:

- issiqlik ta'minoti tizimiga energiya va resurs tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda joriy etiş;

- köp xonadonli uy-joy fondi, ijtimoiy va boşqa obektlarning markazlaştirilmagan issiqlik ta'minoti tizimini energiya samaradorligi yuqori bölgan mahalliy qozonxonalar quriş, şuningdek, xonadonlarga yakka tartibda içki issiqlik ta'minot tizimini örnatiş orqali rivojlantiriş;

- jismoniy va ma'naviy eskirgan, tejamkor bölmagan qozonxona agregatlarini, işdan çiqqan magistral va taqsimlaş issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş, almaştiriş;

- energiya resurslari iste'moli va işlab çiqarilişini me'yor böyiça hisoblaşni amalda qöllaş, iste'molçilarni hamda issiqlik ta'minoti xizmatlarini hisoblaş va tölovlarni amalga oşirişga avtomatlaştirilgan hisobga oliş tizimini joriy qiliş.

Qarorda 2018–2022 yillarda markaziy qozonxona, issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş, energiya samaradorligi yuqori bölgan, jumladan, gelioqurilmalarni qöllaş orqali mahalliy qozonxonalar quriş, xonadonlarga yakka tartibda içki issiqlik ta'minoti tizimini örnatiş parametrlari, şuningdek, issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirişning kompleks çora-tadbirlari tasdiqlandi.

Uşbu qarorda Dasturning öz vaqtida va samarali amalga oşirilişi uçun Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari mas'ul etib, şuningdek, issiqlik ta'minoti xizmatlari körsatiş (işlab çiqariş, taşiş, taqsimlaş va iste'mol qiliş)ning barça bosqiçlari inobatga olingan holda loyihalarni amalga oşirişga kompleks yondaşuvni közda tutuvçi Issiqlik ta'minoti tizimini kompleks rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş konsepsiyasini işlab çiqiş belgilandi.

Yuqorida qayd etilgan loyihalarni amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti, xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlarining öz mablağlari, tijorat banklari kreditlari, pudrat taşkilotlari mablağlari va Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligining Uy-joy kommunal xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan 1,7 trillion söm yönaltiriş közda tutilgan.

Qarorda mahalliy qozonxonalar va xonadonlar içidagi yakka tartibdagi issiqlik ta'minoti tizimining energiya samaradorligi böyiça şaharsozlik me'yor va qoidalarini işlab çiqiş, bino va inşootlar loyihasida ularga quyoş kollektorlari örnatişni nazarda tutiş, şuningdek, quyoş kollektorlarini tayyorlaş, sinovdan ötkaziş va qöllaşga doir davlat standartlarini işlab çiqiş belgilangan.

Şuningdek, 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab mamlakatimizda energiya samaradorligi yuqori bölgan mahalliy qozonxonalar, xonadonlarga yakka tartibda örnatiladigan içki issiqlik ta'minoti tizimlari işlab çiqarişni taşkil qiliş hamda ularni Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovçi buyumlar va materiallar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş dasturiga kiritiş nazarda tutilgan.

Mazkur qarorning ijro etilişi:

birinçidan, şahar va tuman markazlarida issiqlik ta'minoti tizimini tubdan yaxşilaş, aholi uçun ijtimoiy-maişiy qulay şaroitlar yaratiş;

ikkinçidan, barça toifadagi iste'molçilarni issiqlik energiyasi va issiq suv ta'minoti bilan ta'minlaş;

uçinçidan, samaradorligi yuqori bölgan qozonxona va nasos uskunalarini örnatiş, şuningdek, zamonaviy texnologiyalarni qöllaş hisobidan tabiiy gaz va elektr energiyasini tejaş imkonini beradi.