Amerikaning Google kompaniyasi Google Maps xizmatida foydalanuvçi tiliga tarjima qilişni joriy qildi. Endilikda, mazkur xizmatdan foydalanuvçi qoldirilgan fikrlar, şaharlar, inşootlar va diqqatga sazovor joylar nomlarini öz tilida öqiy oladi. Bu haqda kompaniya blogida xabar qilinmoqda.
Google Maps xizmatidan taşqari, Google qidiruv xizmati orqali foydalanilganda ham qoldirilgan fikrlar tarjima qilinadi. Kompaniyaning izoh berişiça, yangilik foydalanuvçilar tomonidan qoldirilgan fikrlarni öz ona tilida öqişni qulaylaştiradi.
Avvallari, foydalanuvçilar qoldirgan fikrlardan nusxa köçirib, tarjima qiliş ilovasiga joylaş talab etilardi. Endi esa, Google Maps fikrlar va ma'lumotlarni qurilma tizimidagi asosiy tilga öz-özidan tarjima qiladi.
Şunday ekan, kelgusi safar uzoq yurtlarda bölsangiz, şoşmasdan Google Maps va Google qidiruviga til bilan boğliq tösiqlarni işonib topşirsangiz böladi.
Google kompaniyasi 2016 yil kuzida tillarni avtomatik ravişda tarjima qiliş uçun Google Neural Machine Translation System (GNMT) deb nomlangan yangi tizimni joriy qildi. U butun boşli gaplarni tarjima qilişda neyron tarmoqlaridan foydalanadi.
Umuman, neyrotarmoqlarga kiritigan tillar röyxatiga ingliz, rus, fransuz, nemis, ispan, portugal, xitoy, yapon, koreys, turk, hindi va vetnam tillari kiritilgan.








