Keniyada yölovçi avtobus yuk maşinasi bilan töqnaşib ketişi oqibatida kamida 27 kişi halok bölgan. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslangan holda Assoşieyted Press xabar tarqatdi.

Frans Press agentligi xabariga köra hodisa 25 aprelga ötar keçasi röy bergan.

Assoşieyted Press ma'lumotiga köra, avtoulovlar Nayrobi va Mombasu şaharlari örtasidagi yölda töqnaşgan.

Mahalliy politsiya ma'lumotiga köra, avtobus Mombasuga yöl olgan, yuk maşinasi esa qarşi tomondan harakatlanayotgandi.

Hodisa tafsilotlari örganilmoqda.

Politsiya ma'lumotiga köra, Keniyada yöl-transport hodisalari oqibatida har yili örtaça 3 ming kişi halok böladi. Hodisalarga aksar hollarda tiğiz yöllarda haydovçilar amalga oşiradigan manevrlar sabab böladi.