Ayblovga köra, Makkenzi va yana 28 kişi sekta aʼzolariga farzandlari «Iso bilan uçraşişi» uçun ularni oçlikdan ölgunça qiynaşni buyurgan. Bu dunyodagi buzğunçi sektalar faoliyatining eng halokatli oqibatlaridan biri böldi, deb yozdi BBC.

Sudya Diana Moçaçe hukmni eʼlon qilar ekan, Makkenzi «asosiy jinoiy javobgarlikni» öz zimmasiga olişini maʼlum qildi.

«Uşbu hukm örinli va adolatlidir; u bunday yovuzliklar qonunda belgilangan eng oğir jazo çoralari bilan jazolanişi haqida qatʼiy ogohlantiriş bölib xizmat qiladi», - deb qöşimça qildi sudya.

Özini diniy rohib - pastor deb eʼlon qilgan Makkenzi 2023-yilda Keniya sohili yaqinidagi Şakaxola örmonida kömilgan 400 dan ortiq jasad topilgaç hibsga olingan edi. Sud-tibbiy ekspertiza natijalari şuni körsatdiki, qurbonlarning aksariyatining ölimiga sillasi quriş (oçlik) sabab bölgan, qolganlari esa nafas qisişi, böğib öldiriliş yoki boş jarohatlaridan vafot etgan.

AFP via Getty Images
Şakaxola örmonida topilgan qabrlar

Qator holatlarda jasadlarning çirib ketgani tufayli ölim sababini aniqlaşning imkoni bölmadi. Sektadagi baʼzi jabrlanganlar esa şu qadar holdan toygan ediki, qutqarilganidan köp ötmay vafot etdi.

Sudya Moçaçe qotilliklarni «sovuqqonlik va hisob-kitob bilan qilingan» deb taʼriflab, aybdorlar heç qanday puşaymonlik bildirmaganini va hatto özlari ham oçlikdan ölişga tayyor ekanligini aytganini taʼkidladi.

Biroq, uning xulosasiga köra, işning oğirligi ölim jazo çorasini körib çiqişga asos bölsa-da, bunday hukmni çiqarişdan boş tortdi.

«Şunga qaramay, sud ayblanuvçilardan birortasini ölim jazosiga hukm qilişni maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi», - dedi u hamda oliy jazo çorasi tuzaliş va avvalgi eʼtiqodlaridan voz keçiş uçun har qanday imkoniyatni yöqqa çiqarişini qöşimça qildi. Keniyada 1987-yildan beri ölim hukmlari ijro etilmagan.

Makkenzining 28 nafar şerigi orasida uning oç qoliş haqidagi buyruqlariga rioya qilinişini nazorat etgan qöriqçilar va qurbonlarning jasadlarini ommaviy qabrlarga kömiş bilan şuğullangan odamlar bor. Ular 160-yilgaça bölgan turli muddatlarga hukm qilindi.