Amerikaning Çikago şahri yaqinida yaşovçi er-xotin Vatkinlar 40 daqiqalik farq bilan hayotdan köz yumişdi. Ular birgalikda 69 yil umr keçirişgandi, deb xabar bermoqda Assoşieyted Press agentligi.

Tereza Vatkin şanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 00.10da vafot etgan bölsa, uning eri Isaak Vatkin 40 daqiqadan söng olamdan köz yumdi. Ularning qizi Klera Gesklinning aytişiça, otasi qarindoşlari u va rafiqasining qöllarini bir-biridan uzişgaç, nafas olişdan töxtagan. Oilaning öğil farzandi Leo esa otasi rafiqasidan “heç qaçon heç nimani alohida qilişni istamaganini” aytib ötdi.

Tereza va Isaak Vatkinlarning dafn marosimi duşanba kuni bölib ötdi. Marosimda gapirgan Klera, “ularning muhabbati şu darajada kuçli bölganki, hattoki bir-birlarisiz hayot keçira olişmaganini” ta'kidlab ötdi.