«Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti Özbekistonda tuğiliş körsatkiçlarining 2050-yilgaça bölgan uzoq muddatli prognozini eʼlon qildi.
Tadqiqot «Içki va taşqi migratsiyaning demografik jarayonlar va oila institutiga uzoq muddatli taʼsirini baholaş» ilmiy loyihasi doirasida amalga oşirilgan.
Prognoz natijalariga köra, mamlakatda tuğilişlar soni kelgusi yillarda ösişda davom etadi. Xususan, 2030-yilda 892,7 ming nafar, 2040-yilda 1 mln 16,1 ming nafar, 2050-yilga kelib esa 1 mln 234,1 ming nafar bola tuğilişi kutilmoqda.
Şu tariqa, 2050-yilda tuğilişlar soni 2025-yilga nisbatan 354,5 ming nafarga yoki 40,3 foizga köpayişi prognoz qilingan.
Hududlar kesimida eng yuqori ösiş Toşkent viloyatida kutilmoqda - 62 foiz. Keyingi örinlarda Toşkent şahri - 61 foiz, Andijon viloyati - 48,6 foiz, Samarqand viloyati - 43,3 foiz va Namangan viloyati - 42,4 foiz bilan qayd etilgan.
Şu bilan birga, tuğilişning umumiy koeffitsiyentida örta muddatli davrda biroz pasayiş, keyinçalik esa barqaror ösiş tendensiyasi kuzatilişi kutilmoqda.
Respublika böyiça tuğilişning umumiy koeffitsiyenti 2030-yilda har ming aholiga 21,2 nafarni, 2040-yilda 20,8 nafarni, 2050-yilda esa 21,9 nafarni taşkil etişi prognoz qilingan.
2050-yilda bu körsatkiç eng yuqori bölişi kutilayotgan hudud Surxondaryo viloyati bölib, u yerda har ming aholiga 24,7 nafar tuğiliş prognoz qilinmoqda. Qaşqadaryo viloyatida bu körsatkiç 23,8 promille, Namangan va Samarqand viloyatlarida 23,1 promilledan, Andijon viloyatida 22,9 promille, Toşkent şahrida esa 22,3 promilleni taşkil etişi kutilmoqda.
Mutaxassislar tuğilişlar sonining prognoz qilinayotgan ösişi kelgusi yillarda taʼlim, soğliqni saqlaş, maktabgaça taʼlim, uy-joy, ijtimoiy xizmatlar hamda mehnat bozori infratuzilmasiga bölgan ehtiyojni ham oşirişini qayd etgan.
Şu bois demografik özgarişlarni oldindan baholaş davlat resurslarini samarali taqsimlaş, hududlarni kompleks rivojlantiriş va inson kapitaliga investitsiyalarni strategik rejalaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.












