13-avgust kuni qabul qilingan ÖRQ–1164-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Oila kodeksiga kiritilgan özgartişlarga köra, bolaga otasining ismi familiya sifatida berilişi mumkin. Şuningdek, ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga muvofiq bobosining ismi böyiça ham familiya berişga ruxsat etiladi.

Avval amaldagi Oila kodeksida otaning ismini bolaga familiya sifatida beriş nazarda tutilmagan edi.

Qonun bilan «Arxiv işi töğrisida»gi qonunga ham qator qöşimçalar kiritildi. Unga muvofiq, elektron arxivlar hamda nodavlat arxivlarni taşkil etiş tartibi belgilandi.

Elektron arxivlar uçun apparat-dasturiy ta’minot, hujjatlarni raqamlaştiriş vositalari va dasturlari mavjud bölişi talab etiladi. Şuningdek, arxiv hujjatlarini qidiriş, boşqariş va ularga işlov beriş imkoniyati yaratilişi kerak.

Bundan taşqari, elektron şakldagi hujjatning asl arxiv hujjati bilan bir xilligini ta’minlaş, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya qiliş belgilandi.

Qonunga köra, Milliy arxiv fondining davlatga tegişli bölmagan qismiga kiritilgan hujjatlar hamda davlat mulki hisoblanmaydigan boşqa arxiv hujjatlarini jamlaş, hisobga oliş, saqlaş va ulardan foydalaniş uçun nodavlat arxivlar taşkil etilişi mumkin.

Şuningdek, Adliya vazirligining arxiv işi sohasidagi vakolatlari aniq belgilab berildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.