AQŞ prezidenti Donald Tramp Koreya Respublikasiga uning hududiga Amerikaning THAAD raketaga qarşi mudofaa tizimini örnatgani uçun 1 milliard dollar tölov uçun hisob yubormoqçi. Bu haqda Tramp Reuters agentligi muxbiriga bergan intervyusida aytib ötgan.
Bundan taşqari, Oq uy egasi Seul bilan erkin savdo böyiça kelişuvni qayta körib çiqmoqçi. U özining saylovoldi kampaniyasi vaqtida bu kelişuv tufayli AQŞ 100 mingga yaqin iş örni yöqotayotgani haqida gapirgandi.
AQŞning RQM tizimiga qarşi norozilik namoyişlari ötkazilayotgan Janubiy Koreyadagilar esa Vaşingtonga pul tölaş niyatida emaslar.
Bundan oldinroq AQŞ Kongressi Vakillar palatasining qurolli kuçlar masalasi böyiça qömitasida qurolli kuçlar Tinç okeani qömondonligi rahbari Harri Harris THAAD tizimi yaqin kunlarda jangovar navbatçilikka kirişişi haqida ma'lum qilib ötgandi. Majmuaning töliq joylaştirilişi işlari may oyida yakunlanişi kutilmoqda.
Janubiy Koreyadagi naşrlar bergan ma'lumotga köra, THAAD bir vaqtning özida önlab raketalarni tutib qoliş imkoniyatiga ega. U TPY-2 TM radari bilan jihozlangan. Uning aniqlaş radiusi 200 km atrofida ekani aytilmoqda. Bu borada rasmiy ma'lumotlar berilmagan.
Janubiy Koreya fuqarolari THAAD majmualarini norozilik bilan qarşi olişdi

Tizimning ayrim qismlari mamlakat janubiga yetkazilgan. Jumladan, Kensan-Pukto provinsiyasidagi Sondju uyezdiga 6 ta yuk maşinasida radar va boşqa jihozlar keltirilgan.
Sondjuning yuzlab aholisi bunga qarşi çiqdi va politsiya bilan töqnaşuvlarga kirişdi. Ular qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan mintaqa THAAD joylaştirilganidan söng Şimoliy Koreya ballistik raketalariga nişonga aylanişidan taşvişlanmoqda.
AQŞ uşbu tizimni KXDR tomonidan mavjud xavf tufayli Janubiy Koreyaga joylaştirdi. Bu harakat esa Xitoy hamda Rossiyada taşviş uyğotgan.
Xitoy Janubiy Koreyada THAAD tizimi joylaştirilişidan jiddiy taşvişda












