Rossiya va Tojikistonning aviatsiya sohasidagi mas'ullari Moskvada ötgan muzokaralar natijalariga köra, ikki davlat örtasidagi aviaaloqa masalalari böyiça kelişib oldilar. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligiga Rossiya transport vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
"Tojikiston va Rossiya maslahatlaşuvlar natijasida ikki davlat örtasidagi aviaaloqaga taalluqli bahsli masalalarni hal qilişdi va özaro manfaatli hamkorlikni davom ettirişga kelişib olişdi", deb aytildi xabarda.
Rossiya 3 apreldan Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga Duşanbe va Xöjanddan parvozlarni haftasiga, mos ravişda, 4 ta va 3 ta reys bilan çeklab qöygandi. Ma'lum qilinişiça, bu çora Tojikiston Moskva viloyatidagi "Jukovskiy" aeroportidan Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasining Tojikistonga parvozlarni amalga oşiriş arizasi böyiça kelişuvni rad etganiga javob bölgan.
Rossiya tomoni ma'lumotlariga köra, "Yamal" avvalboşdan Duşanbega 4 ta reys va Xöjandga 3 ta reys amalga oşiriş uçun ariza bergan. Biroq Tojikiston erişilgan kelişuvlarga zid ravişda "Yamal"ning bu yönalişlar uçun arizasini töliq tasdiqlamagan. Duşanbeda ta'kidlanişiça, "Yamal" kelişuvlarga köra Duşanbe va Xöjandga haftasiga 2 tadan reys amalga oşirişi kerak bölgan.












