Şimoliy Koreya tomonidan şanba kuni uçirilgan raketa Kim Çen In hukumat tepasiga 2011 yilda kelganidan beri 75-şunday sinovga aylandi. Bu haqda Amerika OAV Nuclear Threat Initiative Database taşkiloti ma'lumotlariga asosan xabar berdi.
Şu bilan birga, ulardan 58tasi muvaffaqiyatli bölgan, 17tasi esa – yöq. Xususan, sönggi ikkita parvoz, jumladan şanba kungi ham, muvaffaqiyatsiz yakun topdi.
The Washington Post gazetasining eslatişiça, şimoliy koreyalik rahbarlar AQŞga yetib borişi mumkin bölgan qit'alararo ballistik raketa işlab çiqiş lozimligi haqida gapirişgandi. Köplab ekspertlar fikriça, ayni damda KXDR olimlari bunga erişiş uçun juda ham köp texnik muammolarni hal qilişi lozim, biroq oxir-oqibat ular ijobiy natijani ham qölga kiritişi mumkin.












