Hujum puxta tayyorlangan va juda tez amalga oşirilgan. Amerikaning TRM Labs blokçeyn tahlil kompaniyasi maʼlumotiga köra, hakerlar 29-oktabr kuni Binance’ning 10 ta blokçeyndagi hamyonlariga hujum qilgan. Toşkent vaqti bilan bu 30-oktabrga ötar keçasi sodir etilgan. Mablağning katta qismi taxminan 20 daqiqada olib çiqilgan.
Binance’ning dastlabki tekşiruviga köra, barçasi bir muhandisning hakerlar kirib olgan noutbukidan boşlangan bölişi mumkin. Haker şu kompyuter orqali birjaning içki tizimiga kirib, ruxsatsiz pul yeçiş buyruqlarini yuborgan.
Hujum qanday uyuştirilgani haqida turli taxminlar bor. Xususan, TRM’ga köra, hakerlar Binance hamyonlariga mablağni özlari boşqaradigan hamyonlarga ötkaziş buyruğini bera olgan. 2025-yilda Bybit’dan ham pul xuddi şu usulda öğrilangandi.
Tokiodagi Mt Gox birjasining sobiq rahbari Mark Karpeles hakerlar Binance’ning kamida ikki hamyoni maxfiy kalitlarini qölga kiritgan bölişi mumkinligini aytdi. Binance esa kalitlar haqidagi maʼlumot sizib çiqqaniga dalil topilmaganini maʼlum qilgan.
Binance hujumi kripto sohasidagi öğriliklar zanjirining davomi böldi. TRM maʼlumotiga köra, 2025-yilda 150 ga yaqin hujumda jami 2,9 mlrd dollarlik kriptovalyuta öğrilangan. 2026-yil sentabrda esa Bitget birjasi öz platformasidan qariyb 350 mln dollar öğrilanganini maʼlum qilgandi.
Zarar qança va kimga tegadi?
Yöqotilgan pulning bir qismini qaytariş imkoni bor. Reuters’ning yozişiça, Binance hamkorlari bilan birga 3 mlrd dollarga yaqin aktivni muzlatdi. Jumladan, steyblkoin çiqaruvçi Tether va Circle kompaniyalari 2,3 mlrd dollardan ortiq mablağni blokladi. Ripple kompaniyasi qariyb 200 mln dollarni, AQŞ prezidenti Donald Tramp oilasi bilan boğliq World Liberty Financial esa 29 mln dollarga yaqin aktivni muzlatdi. TRM’ga köra, hakerlar qölida muzlatib bölmaydigan 2,4 mlrd dollarlik bitkoin va Ethereum qolgan.
Hujum birja mijozlariga ham taʼsir qildi. Binance’da 335 mln foydalanuvçi röyxatdan ötgan. Birja pul yeçişni töxtatdi va uni 48 soat içida tiklaşni kutmoqda. Binance hammuassisi va boş direktorlaridan biri Yi He kompaniya «hakerlikdan körilgan barça zarar»ni qoplaşini aytdi. Buning uçun mijozlarni himoya qiliş fondi va kompaniyaning öz mablağidan foydalaniladi. Ammo bu fondda atigi 1 mlrd dollarlik bitkoin bor, öğrilangan summa esa undan olti baravardan köp.

















