30-oktabrda eʼlon qilingan maʼlumotga köra, ehtimoliy bitim qiymati taxminan 2,1 milliard dollarni taşkil etadi. Asosiy pudratçi AQŞning Lockheed Martin kompaniyasi böladi.
Xaridni Kanada, Germaniya va Norvegiya mablağlari, şuningdek, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga ajratgan kredit hisobidan moliyalaştiriş közda tutilgan. Bitimda AQŞ hukumati mablağlaridan foydalaniş rejalaştirilmagan.
Zelenskiyning aytişiça, Kiev qişki davr uçun Vaşingtondan har oy 100 tadan Patriot raketasi yetkazib berişni söragan. Biroq AQŞ maʼqullagan yangi bitim doirasidagi taʼminot bir neça yildan söng boşlanişi mumkin.
Şu sabab Ukraina prezidenti raketalarni hoziroq yetkazib berişga çaqirgan. Uning taʼkidlaşiça, AQŞ, Yevropa davlatlari va boşqa hamkorlarning omborlarida yetarliça tutuvçi raketalar mavjud.
Davlat departamenti yangi xarid Ukrainaning havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini kuçaytirişini bildirgan. Hozirça ehtimoliy savdoga rozilik berilgan bölib, bu raketalar jönatilganini anglatmaydi.
Avvalroq Zelenskiy AQŞni hamkorlar tomonidan puli tölangan raketalar yetkazib berilişini keçiktirişda ayblagan edi. U 19-oktabrda buni Ukrainaga yordamni sekinlaştirişga qaratilgan siyosiy qaror bilan boğlagan.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 20-oktabrda taʼminotda keçikiş bölgan bölişi mumkinligini tan olgan. Biroq u Ukrainaga ataylab zarar yetkazişga qaratilgan siyosiy körsatma bölganini rad etgan.












