Britaniyaning eng zamonaviy Rivet Joint josus-samolyoti Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy-dengiz bazasi himoya tizimlari haqida razvedka ma'lumotlarini töplaş maqsadida Boltiq dengizi ustidan uçayotganda Flightradar24 mobil dasturi yordamida minglab foydalanuvçilar tomondan payqaldi.

Dastur orqali uşbu samolyotning AQŞning körinmas samolyotlari hamrohligida 8200 metr balandlikda uçayotganini köriş mumkin bölgan.  

Daily Mail naşrining ma'lum qilişiça, foydalanuvçilar samolyot parvozi haqida har daqiqalik hisobot olib turganlar va u bilan tvitterda özaro bölişganlar. Suratlarga köra, samolyot Kaliningraddan 97 km uzoqlikda uçib ötgan va 478 uzel tezlik bilan harakatlangan. Uni AQŞning josus-samolyotlari va F-35A körinmas samolyotlari kuzatib borgan.

Avvalroq NATOning 3 ta samolyoti Rossiya çegaralari oldida: Qora, Barents va Boltiq dengizi ustida razvedka parvozlarini amalga oşirgani ma'lum qilingandi. Kaliningraddagi vaziyatni AWACS aviatsiyasining uzoq radiolokatsion aniqlaş samolyoti kuzatgan.