Içki işlar organlari faoliyati ustidan kelayotgan ariza va murojaatlarning qariyb 40 foizi pasport tizimi bilan boğliq. Bu haqda Özbekiston Içki işlar vaziri Abdusalom Azizov Toşkent şahrida Xalqaro press-klub tomonidan taşkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasida ham uşbu masala keng yoritilgan. Kelajakda aynan pasport tizimini isloh qiliş orqali butunlay boşqa tizimga ötiş ham közda tutilgan.
Vazirning ta'kidlaşiça, bularning hammasi mablağ va vaqt talab qiladi. Aytilişiça, Strategiyada körsatilgan barça vazifalar bajariladi, şu jumladan, pasport sohasidagi masalalar ham.












