Ma'lumki, şu kunlarda Toşkent şahri boks böyiça 29-Osiyo çempionatiga mezbonlik qilmoqda. “Özbekiston” universal sport majmuasida bölib ötayotgan janglar tobora qizğin pallasiga kirib kelayapti. Boksçilar saralangani sari bölayotgan kuç sinaşişlar şiddatli tus olmoqda.
Xususan, Özbekiston terma jamoasining 52 kg vazn toifasida iştirok etayotgan a'zosi Jasurbek Latipov öz vazn toifasida Osiyoda birinçi raqamli bölgan qirğizistonlik Usenaliyev Ozodga qarşi ringga kötarilib, 2 may kungi keçki bahslarni boşlab berdi.
Jangning uçinçi raunddida qirğizistonlik boksçi jarohat olgani sababli, referi şifokorlar bilan maslahatlaşgaç, öyinni töxtatişga qaror qildi. Hakamlar qaroriga köra, tajribali raqibiga qarşi munosib jang olib borgan Özbekiston çempioniga ğoliblikni berişga qaror qilişdi.












