Osiyo Boks Konfederatsiyasi (ASBC) 2024 yil yakunlariga köra, yilning eng yaxşilarini e’lon qildi. Quvonarlisi, uşbu röyxatda 3 nafar vakillar ham bor.
Yil yakunlariga köra, Osiyoda ösmir qizlar örtasida yilning eng yaxşi boksçisi sovrini Özbekiston milliy jamoasi a’zosi Maftuna Yangiyevaga topşirildi.
22 yoşgaça bölgan boksçilar orasida eng yaxşi ayol boksçi sovriniga esa 2024 yilda Osiyo çempionligini qölga kiritgan Feruza Kazakova ega çiqdi.
Parij-2024 Olimpiada öyinlaridagi yuqori natijalarda özining yuksak hissasini qöşgan Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Tölqin Qiliçev – Osiyoda yilning eng yaxşi murabbiyi deya tan olindi.
Şuningdek, qit’aning boks böyiça eng asosiy taşkiloti Özbekiston milliy jamoasiga Olimpiada-2024 natijalari uçun alohida minnatdorçilik bildirdi.
Qiziği, Parij-2024da oltin medal yutmagan Qozoğiston boksi Osiyoda yil yakunlariga köra eng köp sovringa ega çiqdi. Qozoğistonlik Sağindiq Toğambay – Osiyoning eng yaxşi boksçisi deb e’lon qilindi. Temirlan Mukatayev esa 22 yoşgaça bölgan boksçilar orasida Osiyoda tengsiz deb topilgan bölsa, Torexan Sobirxan Osiyoning eng yaxşi yoş boksiçi deb e’lon qilindi. Qozoğiston boks federatsiyasi esa 2024 yilda Osiyoning eng yaxşi milliy federatsiyasi deb topildi.
Eslatib ötamiz, boks böyiça Özbekiston milliy jamoasi Parij-2024 Olimpiadasida 5ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida 1-örinni egalladi.

















