Makedoniya parlamenti binosida 2 may kuni qölbola portlovçi qurilma aniqlangan. Qurilma politsiya tomondan xavfsizlantirilgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Parlament xavfsizlik xizmati boşliği Goran Yarçevski soat 17.30da politsiyaga 1-qavat yölagida pilikli petarda körinişidagi qölbola portlovçi qurilma aniqlanganini ma'lum qilgan. Bu qurilma zajigalkalarni gaz bilan töldiriş uçun möljallangan katta gaz balloniga mahkamlangan bölgan", deyilgan xabarda.

Ta'kidlanişiça, portlovçi qurilma aniqlanganda parlament binosi yonidagi köçada namoyiş ötayotgan bölgan va politsiya kordoni qöyilgan. Makedoniya içki işlar vazirligida hozirça bu axborotga heç qanday izoh berilmagan.

Eslatib ötamiz, 27 aprelda Makedoniyada parlament spikeri etib etnik alban Tal'at Xafariy saylangandan keyin bundan norozi bölganlar parlament binosiga bostirib kirib, muxolifat yetakçisi Zoran Zayevni va yana bir neça deputatni döpposlaşgan.