Toşkentda Özbekistonning 35 yillik taraqqiyot yöli, mamlakatdagi islohotlar va parlament diplomatiyasining yangi vazifalariga bağişlangan xalqaro konferensiya bölib ötdi. Unda turli davlatlar parlamentlari vakillari, xalqaro taşkilotlar, diplomatlar, ekspertlar va davlat organlari vakillari iştirok etdi.
Konferensiyada asosiy e’tibor Özbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot tajribasi bilan birga, parlamentlarning xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etişdagi roliga qaratildi. Tadbir yakunida parlamentlararo hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilab beruvçi Toşkent deklaratsiyasi qabul qilindi.

Parlamentlar uçun yangi vazifalar
“Özbekistonning 35 yillik taraqqiyot yöli: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi konferensiyada konstitutsiyaviy modernizatsiya, parlament nazoratini rivojlantiriş, qonunçilikni takomillaştiriş, davlat boşqaruvi, barqaror rivojlaniş va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama markazida böldi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Özbekistonning mustaqillik yillarida amalga oşirgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlariga töxtaldi. Uning qayd etişiça, parlamentlarning vazifasi bugun faqat qonun ijodkorligi bilan çeklanib qolmayapti.
“Bugungi kunda parlamentlar faqat qonun ijodkorligi instituti sifatida emas, balki barqaror taraqqiyotni ta’minlaş, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş va global masalalarga samarali yeçim topişda muhim institut sifatida maydonga çiqmoqda”, – dedi Nuriddin Ismoilov.

Spikerning qöşimça qilişiça, konferensiyadagi muhokamalar ham parlament diplomatiyasi mazmuni özgarayotganini körsatadi. Ya’ni parlamentlararo aloqalar endi rasmiy taşrif va uçraşuvlar bilangina çeklanmasdan, aniq masalalar böyiça hamkorlik mexanizmlarini şakllantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Özbekistonning qöşni va qardoş davlatlar parlamentlari bilan aloqalari sönggi yillarda kengaygani, döstlik guruhlari faoliyati kuçaygani va xalqaro parlament platformalaridagi iştiroki faollaşgani ham konferensiyada qayd etildi.















