1 may kuni Vazirlar Mahkamasining  «Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son qarorini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 250-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar tarqatgan.

Uşbu qarorga köra, davlat organlari va taşkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlari mehnatiga haq tölaş böyiça lavozim razryadlari oşirildi, şuningdek, ularga uzoq muddat xizmat qilganligi uçun har oylik ustama haq hamda lavozim maoşlariga martaba darajalari uçun qöşiladigan qöşimça haq miqdorlari, hal qilingan nizolar böyiça undirilgan mablağlar hisobidan mukofotlaş tartibi belgilandi.