Bu prezidentning 2026-yil 9-oktabrdagi PF–217-son «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi tuzilmasini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida belgilandi.
Hujjatga köra, Vazirlar Mahkamasida 12 ta ştat birligidan iborat Taʼlim, ilm-fan va soğliqni saqlaş masalalari kotibiyati ham taşkil etiladi.
Kotibiyatning beşta ştat birligi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlaniş masalalari bölimi hisobidan şakllantiriladi. Qolgan yettita ştat qayta taşkil etilgan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ştatlarini maqbullaştiriş hisobidan ajratiladi.
Boş vazirning birinçi örinbosari - taʼlim va ilm-fan vaziriga Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda ular tizimidagi tegişli agentlik, qömita va inspeksiyalar biriktirildi.
Röyxatda Fanlar akademiyasi, şuningdek, muayyan vazifalar doirasida Içki işlar vazirligi va Yoşlar işlari agentligi ham bor.
Xususan, Içki işlar vazirligi taʼlim muassasalarida, öquvçi va talabalar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalişi, tazyiq va zöravonlik jinoyatlarining oldini oliş masalalari böyiça biriktirilgan.
Yoşlar işlari agentligi esa öquvçi va talabalarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallaş imkoniyatlarini kengaytiriş, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş yönalişida iştirok etadi.
Birinçi örinbosar öz vakolati doirasida respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarining taʼlim, ilm-fan va soğliqni saqlaşga oid vazifalari bajarilişiga umumiy rahbarlik qiladi.
Farmonda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya bilan özaro hamkorlik yönalişlari ham belgilangan. Ular öquvçi va talabalarni zararli oqimlar taʼsiridan himoya qiliş, vatanparvarlik va soğlom turmuş tarzini tarğib etiş kabi masalalarni qamrab oladi.
Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta içida yangi lavozimning funksional vazifalari va kotibiyat töğrisidagi nizomni tasdiqlovçi qaror qabul qiliş topşirildi.
Şuningdek, hukumat tuzilmasidagi Ijtimoiy rivojlaniş masalalari bölimi Madaniyat va sport masalalari bölimi deb qayta nomlanadi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi tuzilmasida boşqaruv xodimlari soni 243 nafar etib belgilandi.












