Tölovlarda yangi qulaylik, IMAN Invest mojarosi va oyliklar statistikasi - hafta dayjesti
|08:3093917 min
Apple Pay va Google Pay nihoyat işladi: bu nafaqat terminaldagi, balki internetdagi tölovlarni ham osonlaştiradi. Örtaça oylik 7 mln, örtadagisi 4 mln söm: maoşlar medianasi ilk marta oçiqlandi. IMAN Invest mojarosi va qonunçilikdagi böşliq: investorning himoyasi kimningdir vijdoniga boğliq bölişi kerak emas. Importga çeklov, şakar zavodlariga esa imtiyozlar guldastasi: hukumatning yaşirin qarori isteʼmolçiga qimmatga tuşadi.
Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Tölov qiliş yanada osonroq
Butun dunyoda allaqaçon standartga aylanib ulgurgan tölov usuli – smartfon yoki qölsoatni terminalga yaqinlaştirib tölov qiliş nihoyat Özbekistonda ham ommalaşyapti. 27-oktabrdan boşlab Google Pay va Apple Pay xizmatlariga Özbekiston kartalarini ham ulaş imkoniyati oçildi va şu kunning özida köplab vatandoşlar umrida ilk marta bu qulaylikdan foydalanib kördi. Maʼlumot uçun, bu xizmatdan foydalanişda smartfon yoki aqlli soat internetga ulangan bölişi talab etilmaydi.
Aslida, smartfondagi NFC funksiyasi yordamida tölov qiliş imkoniyati Özbekistonda bir neça yil avval paydo bölgan. Rivojlangan davlatlarda çiqarilgan bank kartalari egalari uçun Özbekistonda Google Pay va Apple Pay'dan foydalaniş imkoniyati 2019-yildayoq paydo bölgan, yaʼni özimizga endi nasib qilgan qulaylik yurtimizga keluvçi çet ellik sayyohlar uçun yangilik emas. Şu bilan birga, keyingi yillarda Uzcard va Humo kartalaridan Android smartfonlardagi NFC orqali tölov qiliş ham yölga qöyilgan, ammo iPhone egalari bu imkoniyatdan bebahra qolayotgandi.
2026-yil mart oyida “Şaxsga doir maʼlumotlar töğrisida”gi qonun özgartirilgaç, Google va Apple hamyonlariga Özbekiston kartalarini ulaşdagi asosiy tösiq olib taşlandi. Şundan keyingi texnik tayyorgarlik 8-9 ta bankda yakunlanib, ular çiqargan Visa va Mastercard kartalarini 27-oktabrdan boşlab Google Pay va Apple Pay'ga ulaş mumkin böldi. Bosqiçma-bosqiç boşqa banklar ham, mahalliy
Bir qaraşda, Özbekistonning yuqori darajada rivojlangan fintex muhitida bu katta yangilik emasdek körinişi mumkin, çunki bizda hamma joyda ham terminal yöq, lekin deyarli hamma joyda QR-kod bor. QR-kod vositasidagi tölovlarning turli-tuman şakllari esa allaqaçon ommalaşib ulgurgan. Lekin Google Pay va Apple Pay'ning kirib kelişi deganda faqat oflayn tölovning qulaylaşişini tuşunmaslik kerak. Eng katta qulaylik – onlayn tölovlarda kuzatiladi.
Gap şundaki, endi biror bir sayt yoki ilovada – u xoh Özbekistonniki bölsin, xoh çet elniki – tovar yo xizmat uçun tölov qilayotganda karta raqamini, amal qiliş muddatini, CVV kodini va karta egasining ism-familiyasini yozib ötiriş şart emas. Telefonga SMS-kelişini kutib, tasdiq kodini kiritişga ham hojat qolmaydi. Şunçaki sayt yoki ilovaning tölov bölimida Apple Pay yoki Google Pay'ni tanlaş kifoya – tölov ortiqça ovoragarçiliksiz, eng muhimi xavfsiz tarzda amalga oşadi. Buning uçun sayt yoki ilova bu tölov şaklini qöllab-quvvatlaşi kifoya.
Darvoqe, agar Apple yoki Google hamyonga kartangizni ulasangiz, turli ilovalardagi obunalarga huşyorroq bölişni unutmang. Har xil syurprizlarni istamasangiz, keraksiz ilovalarda obunalarni öçirib qöygan maʼqul.
Taʼlim va tibbiyot xodimlarining maoşi çiqindi va kanalizatsiya işçilarinikidan kamroq
Özbekistonda ilk marta oyliklarning median miqdori eʼlon qilindi. Milliy statistika qömitasi maʼlumotiga köra, 2026-yilning yanvar–avgust oylari uçun eksperimental hisoblangan mediana iş haqi 4 mln 166 ming söm bölgan. Bu – oylik oladigan özbekistonliklarning yarmi şu miqdordan kam, yarmi esa şu miqdordan köp iş haqi olişini anglatadi. Boşqaça aytganda, oylik oluvçilarning hammasini maoşining hajmiga qarab bir safga terib qöysak, eng örtada turgan odam oyiga 4 mln 166 ming söm oylik oladi.
Agar bu miqdordan 12 foiz daromad soliğini çegirib taşlasak, rasmiy oylik oluvçilarning 50 foizida “qöliga tegadigan” maoş 3 mln 666 ming söm yoki taxminan 305 dollardan oşmasligi maʼlum böladi. Eng kam oyliklar Sirdaryo viloyatida: mediana körsatkiç 2 mln 998 ming söm. Soliqni çegirib taşlasak, oylikka işlovçi sirdaryoliklarning yarmi 2,6 mln sömgaça iş haqi olgani maʼlum böladi. Eng yuqori maoşlar esa Navoiy viloyati va Toşkent şahrida. Xususan, poytaxtdagi mediana iş haqi 6 mln 791 ming söm yoki soliqdan keyin 5 mln 976 ming söm bölgan.
Örtaça oylik maoşlarga qarasak, mediana bilan örtada juda katta farq bor. Yanvar-sentabr oylarida nominal hisoblangan örtaça iş haqi respublika böyiça 7 mln 274 ming söm bölib, bu bir yil avvalgidan 18 foizga yuqori. Toşkent şahrida örtaça maoşlar 12,3 mln söm çiqqan. Poytaxtdan taşqari qolgan 13 ta hududda esa örtaça iş haqi 5 mln 844 ming söm bölgan. Soliqni çegirib taşlaganda, Toşkent şahridagi xodimlar örtaça 10 mln 824 ming söm topyapti, qolgan hududlardagilar esa örtaça 5 mln 143 ming söm oylik oladi.
Faoliyat turlari kesimida taʼlim va tibbiyot hamon eng pastki örinlarda. Örtaça maoş taʼlimda 5 mln 15 ming sömga yetgan; soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar sohasida esa 4 mln 454 ming sömni taşkil etgan. Taqqoslaş uçun, hatto suv taʼminoti, kanalizatsiya va çiqindi sohalaridagi maoşlar ham bundan yuqoriroq: 5 mln 313 ming söm.
Taʼlimdagi örtaça maoş 5 mln sömga yetgan bölsa ham, hali maktab öqituvçilarining örtaça oyligi bunçaga yetgani yöq. Umumiy örta taʼlimdagi örtaça iş haqi 4 mln 791 ming söm, maktabgaça taʼlimda esa 2 mln 846 ming sömga teng. Taʼlim sohasidagi umumiy örtaça körsatkiçni oliy taʼlimdagi örtaça 11 mln 520 ming sömlik maoşlar kötarib turibdi.
Statqöm hisobotida soğliqni saqlaş sohasidagi maoşlar tarkibi oçiqlanmagan. Maʼlum bölişiça, bu soha vakillarini yaqinda yangi subsidiyalar kutyapti. Seşanba kuni prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari bilan uçraşuvda ular uçun yangi rağbatlarni eʼlon qildi. Unga köra, kelasi yil 1-iyuldan boşlanadigan yangi tartib asosida davlat röyxatidan ötgan şifokorlarning oyligiga 7 mln söm, hamşiralarga esa 3,5 mln sömdan ustama qöşiladi. Şuningdek, bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga 1,5 mln söm, magistraturani tugatganlarga 2,5 mln söm qöşimça ustama tölanadi. Oilaviy şifokorlarning ustamasi esa 5,5 mln söm böladi. 2027-yildan rezidenturada öqiş bepul bölişi va talabalarga 3 mln söm stipendiya tölanişi ham közda tutilgan.
Hafta mojarosi
IMAN Invest atrofidagi mojaro – ötgan yakşanbada boşlanib, butun hafta muhokamadagi asosiy mavzu böldi. Islom moliyasi böyiça mutaxassis Mahmud Usmonning bir neça million dollarlik kamomad haqidagi dastlabki videomurojaati, bunga kompaniya asosçisi Rustam Rahmatovning ehtirosli javobi, şundan keyin Mahmud Usmon tomonidan ayrim hujjatlarning oşkor qilinişi, ularda kötarilgan masalalarga IMAN Kuzatuv kengaşi tomonidan izoh berilgani, bu izohga Mahmud Usmonning munosabati, bu orada Rustam Rahmatovning videobayonoti öçirilib, özi direktorlikdan ketgani, voqealarga diniy ulamolar va mustaqil huquqşunoslarning munosabat bildirib çiqişi...
Voqealar rivoji şu zanjir asosida keçdi, tafsilotlardan esa köpçilik xabardor. Hozirda, IMAN bayonotiga köra, yangi auditor bilan şarʼiy taşqi audit boşlangan. Audit yakunlanganidan keyin natijalar töliq eʼlon qilinişi maʼlum qilingan.
Kamomad miqdori millionlab dollar ekani aytilayotgani, IMAN Özbekistonda yangi paydo bölayotgan islomiy moliya sohasidagi eng közga köringan loyihalardan biri ekani, unga bir qator taniqli tadbirkorlar va diniy ulamolar ham işonç bildirgani kabi omillar hisobiga, tarmoqlarni şu mavzu böyiça qizğin muhokamalar qamrab oldi. Ayni paytda, masalaga bevosita moliyaviy daxldor şaxslar soni aniq emas: jami qança investor haqida gap ketayotgani nomaʼlum. Faqat ayrim raqamlarni IMAN Holding 2025-yil yakunlari böyiça tarqatgan reklama materialidan topiş mumkin.
Unga köra, 2025-yilda kompaniya jalb qilgan investitsiya hajmi 2,5 barobarga oşib, 23 mln dollarni taşkil etgan. 2025-yil davomida 11 450 nafar yangi investor qöşilib, sotuvlar va moliyalaştiriş hajmi 35,9 mln dollarga yetgan. IMAN'ning 2026-yilgi faoliyatiga oid raqamlarni esa, şaxsan biz oçiq maʼlumotlar asosida qidirib topa olmadik. Bu esa kommandit şirkatlarda kommanditçilarning huquqlari himoyasi taʼminlanmagani, şirkatning kommanditçilar va umuman jamoatçilik oldidagi hisobdorligi masalalarida qonunçilikda katta böşliq borligini körsatadi.
Taqqoslaş uçun, oktabr oyi oxiriga kelib yuzlab aksiyadorlik jamiyatlari va bir qança MÇJlar 2026-yil 3-çorak uçun moliyaviy hisobotlarini eʼlon qilib bölişdi. Joriy haftada, yaʼni 26–30-oktabr kunlari 280 dan ortiq kompaniya Korporativ axborotlar portalida özining çoraklik moliyaviy hisobotini joylagan va bu hisobotlar bilan har kim erkin tanişib çiqişi mumkin: qança foyda yoki zarar körgan, aktivlari hajmi qança, zimmasidagi majburiyatlari-çi?
Özbekistonda kapital bozori regulyatori vazifasini Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bajaradi. Ayni şu agentlik 24-sentabr kuni Imanum investitsiya platformasi operatori – “Adl Investments Platform” MÇJni investitsiya platformalari sohasida “Tartibga soliş qumdoni” maxsus huquqiy rejimi iştirokçisi sifatida röyxatdan ötkazgan. Agentlik hozirga qadar mavzu yuzasidan izoh berganiça yöq.
Garçi bu mojaro Islom moliyasiga nisbatan skeptik qaraşlarni kuçaytirgan bölsa-da, qirğoqning narigi tomonida – Markaziy bankning qatʼiy regulyatsiyasi ostida, ança mustahkam institutsional asoslarga ega islomiy moliya yönalişi rivojlanib kelmoqda. 23-oktabrda Özbekiston özining birinçi islomiy moliya bankiga ega böldi: şu kuni Markaziy bank boşqaruvi Open bank'ka islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya berdi. Bu – Özbekistonda islomiy banking böyiça berilgan tarixdagi ilk litsenziya. Oddiy misolda tuşuntirsak, endi Open bank avtomobil yoki uyni öz nomiga sotib olib, öz xarajati va riskini mulk narxiga qöşgan holda, kelişilgan şartlar asosida foizsiz bölib tölaşga sotişi mumkin.
Markaziy bank maʼlumotiga köra, hozirgaça önga yaqin tijorat banki islomiy bank litsenziyasini oliş uçun ariza bergan va arizalarni körib çiqiş jarayonlari davom etmoqda.
Şakar zavodlari – hukumatning yangi arzandasimi?
Özbekiston dunyoga oçildi: Apple Pay kirib keldi. Statistika avvalgidan oçiqroq böldi: örtaça oylik 7 mln bölsa ham, mediana atigi 4 mln söm ekanini bilib oldik. Mustaqil kengaş şubhali vaziyatlarni ommaga oçiqladi: hamma huşyor tortdi. Oçiqlik yaxşi-da. Lekin yopiqlik, bölganda ham davlatning iqtisodiy siyosatidagi yopiqlik – yaxşi narsa emas.
Bu hafta boş vazir Abdulla Aripov imzolagan yopiq qarorlardan biri jamoatçilikka oşkor böldi. Maʼlum bölişiça, hukumat rahbari 30-iyul kungi yopiq qarori bilan, 2027-yil 1-yanvardan boşlab özi uçun xomaşyo sifatida şakar import qiluvçilarga importni çeklab qöygan ekan. “XDFU” grifi bosilgan hujjatga köra, kelasi yildan oziq-ovqat sanoati korxonalarining oq şakar importiga yiliga 300 ming tonnalik kvota örnatiladi. Umumiy kvota 100 ming tonnadan uçta yönalişga taqsimlanadi.
Davlat xaridlarida ham import şakarning iştiroki çeklanyapti. Qarorning benefitsiarlari – şakar zavodlari ekani kundek ravşan. Hujjatda ularga issiqxona şaroitini qilib beruvçi proteksionistik çeklovlardan taşqari, töğridan töğri moliyaviy qöllab-quvvatlaş çoralari ham körsatilgan. Jumladan, şakar zavodlarining bank kreditlari muddati 5 yilgaça uzaytiriladi, xorijiy valyutada olgan kreditlari böyiça foiz xarajatlarining yarmi qoplab beriladi. Boz ustiga, şakar işlab çiqaruvçilarni 5 yil muddatga mol-mulk va foyda soliqlaridan ozod qiliş ham nazarda tutilgan.
Yaşirin qarorlar oçilib qolgan boşqa holatlardagi kabi, bu safar ham jamoatçilik taşqi savdoning böğilişi ortidan keladigan narxlar oşişidan xavotir bildirdi; iqtisodçilar tanqid qildi; tadbirkorlar hukumatni insofga çaqirdi - qarorni qabul qilganlar va taşabbuskorlardan esa sado çiqmadi. Bu örinda mahalliy işlab çiqaruvçilarni himoyalaş uçun şakar importida allaqaçon naq 20 foizlik boj amal qilayotgani, mahalliy işlab çiqaruvçilarga eksklyuziv huquqlar beriş Jahon savdo taşkiloti qoidalariga zidligi, Özbekiston bu taşkilotga 2026-yilda aʼzo böliş maqsadiga haligaça erişolmaganini qayd etiş örinli böladi.
Hafta davomida proteksionizm hidi anqib turgan boşqa bir qaror loyihasi tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça Jamoatçilik kengaşida tanqidlarga sabab böldi. Loyiha – pandemiya paytidan beri har yili muddati uzaytirib kelinayotgan oziq-ovqatlarning bojsiz importiga oid. Unda nol foizli boj stavkasini 45 turdagi mahsulot uçun yana bir yilga uzaytiriş, 9 turdagi mahsulot uçun esa uzaytirmaslik nazarda tutilgan. Boj soliş taklif etilayotgan tovarlar röyxatida quyultirilgan sut, qaymoq, yogurt, pişloq, şokolad, makaron, qandolat mahsulotlari, olma va nok kabilar bor. Prezident huzuridagi jamoatçilik kengaşi taklifga jiddiy eʼtiroz bildirib, uni şu holida qabul qilişni rad etdi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
“Dok-1 Maks” dorisidan jabrlanganlarga kompensatsiya pullari töliq tölab berildi. “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilarini qabul qilişi oqibatida halok bölgan yoki nogiron bölib qolgan jami 90 nafar bolaning oilasiga jami 82 mlrd söm kompensatsiya undirilişi belgilangan, lekin şu paytgaça faqat 16,8 mlrd söm tölangan edi. Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, qolgan 65,2 mlrd sömlik kompensatsiya prezident topşiriği asosida tezlaştirilgan tartibda byudjetdan tölab berilgan. Bu mablağlar aybdor deb topilgan şaxslarning mol-mulkini sotişdan tuşgan va ulardan undirilgan mablağ hisobidan davlat byudjetiga qaytariladi.
Boğça bolalari yana ovqatdan zaharlandi. Bu galgi holat ham Farğonada röy berdi. 23-oktabr kuni Farğona şahridagi uçta davlat boğçasining 51 nafar tarbiyalanuvçisi isitma, qorinda oğriq, holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi belgilari bilan şifoxonaga olib borilgan. Hodisa sabablari böyiça tekşiruv davom etyapti. Şu fonda Kun.uz avvalroq Farğonada kuzatilgan 100 dan ortiq bolaning zaharlanişi böyiça jinoyat işi qanday yakunlanganidan xabar topdi. Maʼlum bölişiça, bolalar zaharlanişiga sabab bölgan “Garden catering trade” MÇJ mansabdorlariga sud tomonidan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangan va ular sud zalida qamoqdan ozod qilingan.
Suvdan qarzi borlarga elektr uçun tölov qiliş çeklanadi. Lekin bu çeklov mexanizmi çiqindi yoki soliq tölovidagi kabi töğridan töğri emas. Isteʼmolçining elektr tölovi çeklanişi uçun uning içimlik suvidan qarzdorligi allaqaçon MIBga ötib ketgan, MIB bergan ixtiyoriy tölov muddati ham tugab bölgan bölişi kerak. Yaʼni şu bosqiçga kelgunga qadar isteʼmolçiga bir neça marta muhlat beriladi va oxir-oqibat tölanmagan taqdirda, eng oxirgi çora sifatida elektr energiyasiga tölov qiliş imkoniyati çeklab qöyiladi. Bu tartib 2027-yil 1-yanvardan amal qila boşlaydi va ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga nisbatan qöllanmaydi.
Özbekistonliklar uçun Misrga kirişdagi yangi qoidalarni joriy etiş keçiktirildi. Taşqi işlar vazirligimiz xabariga köra, olib borilgan muzokaralar orqali özbekistonliklar uçun Misrga kiriş talablarini qatʼiylaştiriş muddatini 2027-yil 1-martgaça keçiktirişga erişilgan. Bu muddatgaça sayyohlar Şarm-al-Şayx va Sinay yarimoroliga viza olmasdan sayohat qilişda davom etişi mumkin. Bundan taşqari, özbek diplomatlari vizasiz rejimni yopib qöygan Tailand bilan ham vizasiz safarlar töğrisidagi bitimni imzolaşga kelişib olganini maʼlum qildi – hozirda Tailand tomoni hujjat matnini körib çiqyapti. Tailandga vizasiz rejim tiklangan taqdirda, uning muddati 15 kunlik bölişi mumkinligi aytilmoqda.
Kamar taqmagan haydovçilarga xususiy radarlar ham jarima yozişni boşlaydi. Hukumat qaroriga binoan, 2026-yil 1-noyabrdan boşlab tadbirkorlar örnatgan maxsus foto va video qayd etiş qurilmalari orqali haydovçilarning xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalarini buzganini qayd etişga ruxsat berildi. Eslatib ötamiz, amaldagi yöl harakati qoidalariga binoan, avtomobilning old örindiğida ötirgan yölovçi ham, agar salomatligida muammosi borligini tasdiqlovçi hujjati bölmasa, kamar taqişi şart; ammo yölovçining kamar taqmaganligi uçun javobgarlik közda tutilmagan.