Milliy statistika qömitasi eʼlon qilgan dastlabki maʼlumotlarda qişloq xöjaligi korxonalari va kiçik tadbirkorlik subyektlari hisobga olinmagan. Körsatkiçlar soliqlar çegirilmagan holda hisoblangan bölib, xodimning qöliga tegadigan sof maoşni anglatmaydi.

Eng yuqori örtaça oylik - Toşkent şahrida

Hududlar orasida Toşkent şahri 12,3 million söm bilan yetakçi. Keyingi örinlarda Navoiy viloyati - 8,82 million söm va Toşkent viloyati - 6,89 million söm qayd etilgan.

Eng past körsatkiçlar Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bölib, har ikki hududda örtaça oylik 5 million sömga yetmagan.

Yanvar–sentabr oylarida hududlar böyiça örtaça nominal iş haqi:

  • Toşkent şahri - 12 mln 300,8 ming söm;

  • Navoiy viloyati - 8 mln 820,5 ming söm;

  • Toşkent viloyati - 6 mln 889,9 ming söm;

  • Buxoro viloyati - 5 mln 840,9 ming söm;

  • Andijon viloyati - 5 mln 765,4 ming söm;

  • Sirdaryo viloyati - 5 mln 736 ming söm;

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi - 5 mln 676,8 ming söm;

  • Xorazm viloyati - 5 mln 623,2 ming söm;

  • Jizzax viloyati - 5 mln 506,4 ming söm;

  • Namangan viloyati - 5 mln 395,9 ming söm;

  • Farğona viloyati - 5 mln 383,3 ming söm;

  • Samarqand viloyati - 5 mln 373,4 ming söm;

  • Surxondaryo viloyati - 4 mln 988,9 ming söm;

  • Qaşqadaryo viloyati - 4 mln 969,7 ming söm.

Iş haqining eng yuqori ösişi Namanganda - 20,3 foiz, Jizzaxda - 19,8 foiz va Toşkent viloyatida - 19,1 foiz bölgan. Samarqand viloyatida ösiş 11,5 foizni taşkil etgan.