Çilonzor tumanida psixotrop modda sotişga voyaga yetmagan farzandini jalb qilgan ayol qölga olindi.  Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod bölimi katta inspektori Islomjon Tursunov xabar qildi, deb yozmoqda 24post.uz.

Qölga tuşgan şaxs Çilonzor tumani 20-mavzesida “lirika” psixotrop moddasini noqonuniy ravişda sotgan. Ayol bu işga özining voyaga yetmagan öğlini ham jalb qilgan. Öğli ryukzagiga dori vositalarini solib olib çiqib sotayotgan vaqtida uşlangan.  Ryukzak içidagi dori vositalari tekşirilganda, psixotrop va giyohvand moddalarga tenglaştirilgan qator kimyoviy moddalar, xususan, “lirika” dori vositasi borligi aniqlangan.

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod bölimi xodimlari Çilonzor tumanidagi 200- umumta'lim maktabning öquvçilari hamda ota-onalari bilan uşbu jinoyat xususida suhbat uyuştirib, tuşuntiriş işlari olib bordi.

Muloqot çoğida uşbu hududda istiqomat qiluvçi fuqaro voyaga yetmagan öz farzandini jinoyat yöliga boşlagani va bu orqali jamiyatga yetkazgan ma'naviy zarari haqida söz yuritildi. Psixotrop va giyohvand moddalarga tenglaştirilgan kimyoviy moddalarni katta miqdorda olib kiriş, sotiş va şu orqali yoşlarni zararli odatlarga könikma hosil qildiriş katta jinoyat ekanligi ta'kidlandi. Aybdor fuqaroning xatti-harakati qoralandi.