Davlat xavfsizlik xizmati hamda içki işlar organlari xodimlari hamkorligida Çilonzor tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumanida yaşovçi şaxs töxtatilib tekşirildi.
Tekşiruv davomida unga tegişli bölgan perforator içiga 478 gr «Alfa-PVP» sintetik narkotik moddasi yaşirilgani aniqlandi.
Aynan uşbu tumanda qayd etilgan boşqa holatda esa Mirzo Uluğbek tumanida istiqomat qiluvçi şaxsga tegişli benzinli arra içiga 107 gr «Alfa-PVP» moddasi yaşirilgani foş böldi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida har ikki holatda ham giyohvandlik vositalari Rossiya Federatsiyasidan poçta jönatmasi orqali yuborilgani ma’lum böldi.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.













