Fransiya prezidentligiga nomzodlar – “Marşda” harakati yetakçisi Emmanuel Makron va “Milliy front” partiyasi rahbari Marin Le Pen – saylovlarning ikkinçi turiga uç kun qolganda sönggi teledebatlarni ötkazişdi. Muloqotning katta qismi janjalga öxşaş böldi, sörovlarga köra, tomoşabinlar unda Makron ustun kelganini e'tirof etişgan.

Bahslarni Le Pen Makronga qator ayblovlar seriyasini “otiş” bilan boşlab berdi. "Janob Makron nazorat qilinmaydigan globallaşuv, beqarorlik, iqtisodiyotni özlaştiriş, mamlakatni parçalaş, kommunitarizm tarafdori", - deya ma'lum qildi Le Pen. Bunga javoban “Marşda” harakati asosçisi Le Pen oçiq, demokratik debatlardan qoçayotganini ma'lum qildi va uni yolğonda aybladi. "Siz familiya (Milliy front asosçisi - Jan-Mari Le Pen, Marin Le Penning otasi), öta öng siyosiy partiya, köp yillar davomida fransuzlarning noroziligi hisobidan kun keçirayotgan tizim merosxörisiz", - dedi Makron.

Şuningdek uning debatlar çoğida ta'kidlaşiça, Ollandning beş yillik boşqaruvi uçun mas'uliyatni öz zimmasiga olmaydi, hukumat siyosatidan norozi bölgani uçun ham iqtisodiyot vaziri lavozimidan iste'foga çiqqan. Bunga javoban esa Le Pen raqibini kiçik Olland, deb atadi hamda Makronning hukumatdan ketişi şunçaki öyin bölganini, aslida esa u Fransiyaning amaldagi prezidenti merosxöri ekanini aytdi.

Umuman olganda, siyosiy şarhlovçilarning fikriça, debatlar saylovçilar kutganidek ötmadi: Le Pen öz loyihasini yetarli darajada yaxşi taqdim eta olmadi va hukumatni tinimsiz ayblovçi muxolifat vakili rolini saqlab qoldi, Makron esa hissiyotlarga berildi va bahslarning aksariyat qismini baland ovozda olib bordi. 

Boşlovçilarning saylovlarda ğalaba qozonişsa, RF va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp bilan qanday munosabatlarda bölişlari haqidagi savolga Makron Qöşma Ştatlar bilan qalin aloqalar birinçi örinda ekani va u AQŞ yetakçisi bilan muloqotni mustahkamlaşga harakat qilişini ma'lum qildi. Putinni esa u “mintaqaviy muammolar” böyiça “şerik” deb atadi. Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Rossiya prezidentining bosim qilişiga yöl qöymaydi.

Öz navbatida Le Pen Rossiya va AQŞ bilan munosabatlarda muvozanatga erişişni istaşi haqida ma'lum qildi. “Bizda Rossiya bilan “sovuq uruş” olib boriş uçun heç qanday sabab yöq, hamda u bilan diplomatik, savdo, strategik munosabatlar quriş uçun barça imkoniyatlar bor, sababi u buyuk davlat”, - degan “Milliy front” yetakçisi.

Şuningdek Le Pen raqibini milliy manfaatlarga zid tarzda Germaniyaga yoqişga harakat qilişda aybladi. “Nima bölgan taqdirda ham, Fransiyani baribir ayol kişi boşqaradi: yoki men, yoki Merkel xonim”, - deya hazil qilgan u.

Nomzodlar yagona Yevropa valyutasi borasida bir-biriga zid fikrlar bildirişdi. Masalan, Le Pen milliy valyuta – fransuz frankini qaytarişga çaqirgan bölsa, Makron ikkita valyutaning bir vaqtda bölişi imkonsiz ekanini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, Fransiya integratsiyalaşgan Yevropa iqtisodiyoti şaroitida qolmoqda, şuning uçun yevrodan voz keçiş mamlakat raqobatbardoşligini pasaytiradi, frankning qaytarilişi esa fransuzlar uçun juda katta xavfdir.

Elabe kompaniya tomonidan ötkazilgan sörovga köra, tomoşabinlarning 63 foizi Makronni qöllab-quvvatlaşdi, Le Pen – 34 foiz, yana 3 foiz öz fikrini aniq ayta olmadi.

OpinionWay kompaniyasi sönggi sörovnomasi natijalariga köra, Makron saylovlarning ikkinçi turida Le Pen ustidan ğalaba qozonadi: saylovçilar 60 foizi uni qöllab quvvatlaydi.