AQŞ prezidenti Donald Tramp xorijga birinçi safari vaqtida IŞID va Eronga qarşi kuraş masalasini muhokama qiladi, deb aytdi jurnalistlarga Oq uyning yuqori lavozimdagi şaxsi.
Tramp prezident sifatida taşrif buyuradigan ilk davlat Saudiya Arabistoni böladi. Oq uyda ta'kidlanişiça, taşrifdan maqsad mintaqadagi davlatlarni terrorçilikka qarşi kuraşda birlaştiriş böladi.
"Bu davlat safarni boşlaş uçun yaxşi joy", deb qöşimça qilgan Oq uy vakili.
Tramp şuningdek terrorçilik va terrorçilik taşkilotlarining moliyalaştirilişiga qarşi kuraşni muhokama qilmoqçi.
"Bu haqiqatan ham Saudiya Arabistonida butun musulmon olami yetakçilari bilan tarixiy uçraşuv böladi. Saudiya Arabistoni islomdagi ikki muqaddas qadamjoning qöriqçisi bölib, aynan bu davlatda biz ittifoqdoş musulmonlar bilan hamkorlik va ekstremizm, terrorçilik va zöravonlikka qarşi kuraş uçun yangi asos yaratamiz", deb aytdi Tramp Oq uyning Puşti boğidagi nutqida.
Trampning aytişiça, AQŞ boşqa davlatlarga öz istagini ötkazmoqçi emas, buning örniga "döstlar va hamkorlar koalitsiyasini" tuzişga harakat qilmoqda.
May oyida Tramp Saudiya Arabistoni, Isroil va Vatikanga taşrif buyuradi, söngra Bryusselda ötadigan NATO sammiti va Sitsiliyada ötadigan "katta yettilik" uçraşuviga jönaydi.












