Afğoniston hukumat kuçlari sönggi ikki kun içida “Tolibon” radikal harakatining 40 nafar jangarisini yöq qildi, yana 20 nafari jarohat oldi. Bu haqda Sinxua agentligi politsiyaga asosan xabar bermoqda.

“Tolibon” va hukumat kuçlari örtasida Qunduz viloyatida röy bergan janglarda sönggi ikki kunda umumiy hisobda 40 jangari yöq qilindi, yana 20 nafari jarohat oldi”, - deya Qunduz politsiyasi rahbari Abdulla Hamidning sözlarini keltiradi agentlik.

Şuningdek Hamidning tasdiqlaşiça, janglar davomida tört nafar harbiy xizmatçi halok böldi va yana 17 nafari yaralandi.

Eslatib ötamiz, aprel oxirlarida “Tolibon” “bahorgi hujum” boşlangani haqida ma'lum qilgandi.