XXR davlat kompaniyasi 2009 yildan beri Şimoliy Koreyaning BMT sanksiyalari ta'siriga kiritilgan kompaniyasi bilan qöşma korxona taşkil etgan. Bu haqda The Wall Street Journal naşri korporativ va hukumat arxiv ma'lumotlariga asoslangan holda yozmoqda.
Xitoyning Limac Corporation va KXDRning Ryonbong General Corporation 2008 yili tantal, niobiy, sirkoniy va nafaqat telefonlar, kompyuterlarni işlab çiqişda, balki yadro reaktorlari va raketalar işlab çiqarişda zarur bölgan boşqa minerallarni qazib oliş böyiça qöşma korxona taşkil etişga kelişib olgan edi, deb yozadi gazeta.
Naşrning ta'kidlaşiça, avvallari uşbu kompaniyalar hamkorligi xususida xabar qilinmagan. Ularning faoliyati KXDRning sanksiyalarni naqadar oson çetlab ötgani va Xitoy bilan Pxenyan uçun "zarur bölgan sohalarda" bemalol hamkorlik qilganini isbotlaydi.
Naşrning yozişiça, AQŞ Ryonbong korporatsiyasiga nisbatan 2005 yilda sanksiya kiritgan. Bunga mazkur firmaning ommaviy qirğin quroli işlab çiqarişga aloqadorligi sabab qilib körsatilgan. Keyinçalik, Vaşington röyxatiga Ryonbong Corporation kompaniyasida işlaydigan 3 xodim ham kiritilgan. Ularning 2 nafari öşa vaqtda Xitoyda bölgan. BMT esa KXDR kompaniyasiga 4 yildan söng, ya'ni 2009 yilda sanksiya kiritgandi.
Limac-Ryonbong qöşma korxonasi faoliyati naqadar jiddiy bölgani hozirça noma'lum. Uşbu ikki kompaniya aloqalarini moliyaviy ayğoqçilik bilan şuğullanuvçi Sayari Analytics firmasi aniqlagan.
Gazetaga köra, Ryongbong korporatsiyasi uşbu ma'lumotlarga nisbatan izoh bermagan, Xitoy firmasi esa elektron maktubida qöşma korxona "tijoriy asosda heç qaçon işlamagani", Limac 2009 yildan beri unga barham berişga urinib kelganini ta'kidlagan.












