Saudiya Arabistoni fuqarosi Salim al Anziy yaqinda dunyoga kelgan qizini AQŞ prezidentining qizi Ivanka Tramp şarafiga şunday nomlaşni ixtiyor qildi. Biroq, u ismni röyxatdan ötkazayotganda keskin qarşilikka duç kelgan. 

Mas'ul idoralarda ma'lum qilganlaridek, qonunga binoan Saudiya fuqarosiga xorijiy ism qöyiş mumkin emas. 2014 yilda imzolangan qarorga köra, Saudiya Arabistoni IIV yangi tuğilgan çaqaloqlarga qöyilayotgan ismlar madaniy öziga xosliklar va podşohlik diniy me'yorlariga mosligini muvofiqlaştiradi. Şundan kelib çiqib, agar ism kelib çiqişi xorijiy bölsa, rad etiladi. 

Ammo, ota ham öz istagidan voz keçişni istamayapti. U qizini oila davrasida Ivanka deb ataşini ta'kidlamoqda. Saudiyalik otaning bunday öjarligi ijtimoiy tarmoqlardagi ayollarning keskin tanqidiga uçradi. Ular al Anziyni rafiqasiga hurmatsizlikda ayblaşdi. 

Ayni vaqtda "saudiyalik Ivanka"ga al-Anzining Arar şahrida istiqomat qiluvçi qaynonasi qaramoqda. OAVga köra, qizga rasman Luma ismini berişgan bölib, arabçadan tarjima qilinganda "gözal labli ayol" ma'nosini anglatadi.