Xitoyning Tanşan şahrida yaşovçi erkak mahalliy daryolardan birida baliq ovlayotganda kelib çiqişi noma'lum bölgan harbiy samolyot qanotining 16 ta snaryad bor bölgan bölagini topib oldi. Bu haqda "Çjungo sinvenvan" portali xabar bermoqda. 

Ayni vaqtda mutaxassislar 5 metrga 1,5 metrlik bölakning kelib çiqişini aniqlaş bilan şuğullanişmoqda. Snaryadlarni xavfsiz taşiş maqsadida voqea joyiga politsiyaçilar va qutqaruvçilar yetib kelişgan. Qanot bölagi tadqiq qiliş uçun şahar ma'muriyatiga jönatilgan.