Misr politsiyasi Qohira xalqaro aeroportida samolyotni portlatiş bilan tahdid qilgan yölovçini hibsga oldi. Bu haqda aeroport ma'muriyati ma'lum qildi.
Erkak aeroportga Saudiya Arabistonining Jidda şahridan kelgan va bomba portlatişi bilan parvoz vaqtidayoq tahdid qila boşlagan. Saudiya Arabistonining Flynas aviakompaniyasi samolyoti sardori ehtimoliy terrorçi haqida yerdagi xizmatlarni ogohlantirgan. Şu sababli aeroportning xavfsizlik xizmati yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan, politsiya yetib kelgan.
Hibsga olingan yölovçi 61 yoşli misrlik bölib çiqqan. Uning yonida na portlovçi modda, na qurol aniqlanmagan. "Terrorçi" söroq vaqtida samolyotni nima uçun portlatiş bilan tahdid qilganini tuşuntirib bera olmagan. Hukumat uni psixiatrik ekspertizaga yubormoqçi emas, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Erkak qandaydir talab qöygani va samolyotda neça nafar yölovçi bölgani haqida ma'lumotlar berilmagan.











