Hollivud aktyori Dueyn "Qoya" Jonson AQŞ prezidenti lavozimiga kuraşişga "real imkoniyatga" egaligini aytdi.
"Fikrimça, real imkoniyat bor", deb javob bergan aktyor GQ jurnaliga u prezidentlikka kuraşiş uçun öz faoliyatidan voz keçişi mumkinligini biliş maqsadida berilgan savolga.
"Agar men prezident bölganimda, unda muvozanat muhim bölardi. Yetakçilik, barça uçun javobgar böliş muhim bölardi. Agar men kimningdir gaplariga qöşilmasam, uning oğzini yopmasdim", deb aytgan aktyor.
Aktyor şuningdek AQŞ prezidenti Donald Trampning immigratsiya siyosatini umuman qabul qilmasligini ta'kidlab ötdi.
"Men bizning milliy xavfsizlik – yadro ekanligiga işonaman, biroq men muhojirlarga taqiqlovga işonmayman. Men birdamlikka işonaman. Bizning davlat şunda qurilgan va buning evaziga kuçlidir. Bu qaror esa juda şoşqaloqlik bilan qabul qilingan", deb hisoblamoqda aktyor.












