Xitoyning Şinjong-Uyğur muxtor ölkasida röy bergan 5,5 magnitudali zilzila oqibatida sakkiz kişi halok böldi, yana 20 nafari jarohatlangan. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatdi.
Xitoy seysmologiya markazi ma'lumotlariga köra, yer osti silkinişlari payşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 05.58 da (Toşkent vaqti bilan 02.58) Qoşğar okrugining Toşqörğon-Tojik muxtor uyezdida qayd etilgan. Zilzila epimarkazi sakkiz kilometrlik yer tubida bölgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, sakkiz kişi qurbon bölgan va yana kamida 20 nafari jarohat olgan. Ta'kidlanişiça, epimarkazdan 20 kilometr radiusda 580 kişi, 50 kilometr masofada esa – 6200 inson istiqomat qiladi.
Bundan taşqari, kamida 180 ta bino vayron bölgan. Bu haqda Şinjong-Uyğur muxtor ölkasi seysmologiya boşqarmasi Weibo ijtimoiy tarmoğidagi öz mikroblogida xabar bergan.
Hammasi bölib zilziladan 789 nafar mahalliy fuqaro jabrlangani aytilmoqda.












