Katta özgarişlar bösağasida turgan «Paxtakor» klubi rahbariyati yangi murabbiy qatorida, tarkibni ham kuçaytirişni maqsad qilgan, deb yozmoqda championat.asia.

Manbaning yozişiça, klub buning uçun birinçi navbatda ijarada töp surayotgan yetakçi futbolçilarni ortga qaytarib olişni közlagan. «Lokomotiv» OÇLdagi iştirokini yakunlangani bois, Jaloliddin Maşaripovni yana ortga qaytariş «Paxtakor»ning birinçi raqamli vazifasi bölib turibdi. Şuningdek, mavsum yakuniga yetişi bilan Yegor Krimets ham klubga qaytadi. U Xitoy klubida zaxirada qolib ketmoqda.

Bundan taşqari, «Paxtakor» akademiyasining yana bir tarbiyalanuvçisi, 2016 yildan buyon «Qöqon-1912» şarafini himoya qilib kelayetgan Javohir Sidiqov ham ikkinçi davradan poytaxtliklar jamoasi safida harakat qilişi mumkin.