Toşkent şahrida 5-11 may kunlari ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida hafta davomida 32ta jinoyat issiq izidan foş etilgan. Şundan 2ta qotillik,18ta öğirlik, 10ta firibgarlik, 1ta transport vositasini olib qoçiş, 1ta hujjatlarni noqonuniy egallaş jinoyatlarini taşkil etgan. Bu haqda Toşkent IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayev ma'lum qildi.  

Şuningdek, yil boşidan 694 nafar, may oyining ötgan 10 kunligi mobaynida 52 nafar, hafta davomida 35 nafar qidiruvda bölgan jinoyatçilar uşlandi.

Şu bilan bir qatorda, 2017 yilning 4 oyi davomida barça yönalişlardagi jinoyatlar ötgan yilning şu davriga nisbatan 489taga, şu jumladan, qasddan odam öldiriş, nomusga tegiş, tovlamaçilik, ölim bilan tugagan yöl-transport hodisalari kabi jinoyatlar kamaygan. Biroq, Toşxöjayevning ta'kidlaşiça, firibgarlik jinoyati 130taga oşişi kuzatilgan.

Uning sözlariga köra, firibgarlik jinoyatlari köpayişining asosiy sabablari sifatida:

-  pul oldi-berdi masalalarida huquqiy maslahat olmaslik; 
-  mulkiy munosabatlarni tegişli idoralarda belgilangan tartibda               rasmiylaştirmaslik;
-  yengil daromad topiş maqsadida foizga pul beriş; 
-  fuqarolarning işonuvçanligi;
    kabilarni körsatiş mumkin.