Samarqandda 7 oy qamoqda saqlangan yigit oqlandi: “oper”larning “qopqoni” özlarini foş qilib qöydi
|12:123 27313 min
Jinoyat işlari böyiça Iştixon tuman sudi raisi Jonibek Raupov narkojinoyatda ayblangan yigitni oqladi: 2026-yil 15-martidan buyon qamoqda saqlangan 23 yoşli yigit aybsiz bölib çiqdi. Uni Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari 300 dollarga mefedron sotganlikda ayblab, tezkor tadbirda qölga olgan. Ammo sudda jinoyat işini “oper”larning özi uyuştirgani foş böldi.
Foto: Videodan kadrFoto: Videodan kadr
Samarqandda narkojinoyatda ayblangan yigit oqlandi. Kun.uz sudning oqlov hukmi bilan tanişdi.
Tezkor tadbir va ayblov
Dastlabki tergov hujjatlariga köra, 2026-yil 14-mart soat 23:00 larda Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari Samarqand şahrining Söğdiyona mahallasi hududida tezkor tadbir ötkazgan. Unda 2003-yilda tuğilgan Jamşid Akmalov tadbir iştirokçisi bölgan “Aliş” ismli şaxsga 300 dollarga 1,02 gramm mefedron sotganlikda ayblanib, qölga olingan.
Jamşidga nisbatan sudning 2026-yil 15-martdagi ajrimi bilan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
“Qölga tuşdingmi, şakal?!”
Jamşid Akmalov sudda aybiga iqror bölmagan. U öz körsatmasida tezkor xodimlar undan “mefedron topib, tezkor tadbir ötkazib berişni söraganini, rad qilganidan keyin IIB binosiga olib ketişganini, urişganini hamda çöntagiga pul tiqib, keyin tasvirga olişganini aytgan.
Sudlanuvçining körsatmasiga köra, u 2026-yil 14-mart kuni soat taxminan 10:00 larda Temur ismli tanişi bilan körişib, birga hammomga va sartaroşxonaga borgan. Keyin Temurning Parviz ismli örtoğining maşinasida şahar aylangan.
Temurga soat 21:00 larda Li-9 rusumli maşinada yuruvçi toğasi qönğiroq qilgan. Toğa va jiyan körişişgan. Keyin Temur toğasining Li-9 maşinasini minib kelgan hamda Jamşid Akmalovdan toğasiga mefedron topib berişni söragan. Jamşid Akmalov rad javobini bergan. “Toğamning oldidan senga qönğiroq qilaman, unga bir soat içida mefedron topib berişingni ayt”, degan Temur. Jamşid Akmalov buni ham rad qilgan. Şundan söng Temur jamşidni maşinadan tuşirgan va kutib turişini, özi maşinani taşlab qaytib kelişini aytib ketgan.
Jamşid Akmalov Li-9’dan tuşib, öşa yerdagi savdo dökoni oldidan ötayotganida Samarqand viloyati IIBning Şahboz ismli tezkor xodimi yoniga borgan va salomlaşgan.
“Şahboz birdan remenimning orqa tomonidan uşlab oldi. Söngra şu yerga yetib kelgan Malibu maşinasining orqa tomoniga olib borib, çöntaklarimni tekşirmoqçi böldi. Şu vaqtda fuqarolik kiyimidagi xodim kelib, çöntaklarimni tekşirmasdan maşinaga mindirişni aytdi. Meni maşinaning orqa örindiği örtasiga mindirişdi, ikki tomonida Şahboz va Eldor ismli xodimlar ötirdi.
Mavzuga oid
Şahboz menga “Ha, qölga tuşdingmi endi, şakal?”, dedi. Undan “Qanaqa qölga tuşiş?”, deb söradim. U “özingni garanglikka olma”, dedi. Keyin Temur minib kelgan Li-9 oldiga bordik. Undan bir-ikki kişi tuşib keldi. Maşinadan tuşişga harakat qildim. Lekin tuşib ketişimga qöymasdan, biqinim va yuz qismimga urişdi. Eldor labimdan ikki tomonga tortdi. Keyin IIB xodimlari maşinani haydab ketişdi. Bir ozdan söng, yölda qölimga kişan solişdi.
Maşinada Samarqand viloyati IIBning oldiga, yölning narigi tomoniga kelib töxtaşdi. Şahboz bilan yana bir xodim maşinadan tuşib, bitta-bitta kelib, urib, tan jarohatlari yetkazişdi. Menga notaniş bölgan kişi oldimga kelib, urgandek bölib, sportivkamning öng çöntagiga 100 dollarlik pullarni tiqayotganini kördim. Şu payti baqirib, Eldorga “Qarang, çöntagimga pul tiqyapti” dedim.
Xodimlar mendan mefedron topib berişni söradi. Bunga rozi bölmaganimdan keyin meni Samarqand viloyati IIB binosi oldiga olib borişdi.
Söngra maşinadan tuşirib, tasvirga olgan holda içkariga olib kirişdi hamda ikki xolis iştirokida çöntagimdan 300 dollar pullarni olib, tezkor tadbir qilinganini aytişdi.
Çöntagimdan çiqqan pullar meniki emasligini, uni xodimlarning özlari çöntagimga solib qöyişganini aytdim. Biroq uşbu 300 dollar pulni mening çöntagimdan çiqqan, deb bayonnoma rasmiylaştirişdi”, degan Jamşid Akmalov öz körsatmasida.
U heç kimga 300 dollarga mefedron sotmaganini aytib, suddan öziga nisbatan oqlov hukm çiqarişni söragan.
“Çöntagidan 300 dollar çiqdi”
Sudda Jamşid Akmalovga nisbatan ötkazilgan tezkor tadbirda qatnaşgan Samarqand viloyat IIB tezkor vakili Eldor Gaziev guvoh sifatida söroq qilingan. U 300 dollar pul Jamşid Akmalovning “çöntagidan çiqqanini” aytgan.
IIB tezkor vakiliga köra, 2026-yil 14-mart kuni Samarqand şahrining Said mahallasida yaşovçi, şaxsi sir saqlanişini söragan fuqaro “Aliş” taxallusi ostida ariza bilan murojaat qilgan. “Aliş” öz murojaatida Jamşid Akmalov yaqin tanişlariga mefedron giyohvandlik moddasini sotib kelayotganini, uni jinoyat ustida uşlab berişda faol yordam berişini aytgan.
“Şunga köra tezkor tadbir işlab çiqarildi. “Aliş”ga 400 dollar berilib, tezkor tadbirga jalb qilindi. Tadbir davomida Jamşid 300 dollar evaziga “Aliş”ga 1,02 gramm mefedron sotgani aniqlandi.
Jamşidni qölga olib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi. Tadbir ötkazilgan joyda Jamşid faol qarşilik körsatgani sababli uni Samarqand viloyat IIB binosiga olib borganimizdan söng tintuv ötkazdik. Şunda uning çöntagidan tadbir uçun işlatilgan 300 dollar miqdoridagi pullar olinib, xolislar iştirokida rasmiylaştirişdi”, degan Eldor Gaziev öz körsatuvida.
Bundan taşqari, tezkor vakil Jamşidni uşlaşganidan söng Malibu’ga mindirib, Samarqand viloyat IIB binosiga qadar olib kelişda videotasvirga yoki maşina içidagi muloqotlarni ovoz yoziş moslamasiga yozib olişmaganini taʼkidlagan.
“Haqiqatdan yölda kelayotganimizda viloyat IIBning qarama-qarşisida joylaşgan kafe oldida töxtadik. Sababi, şu joyda Jamşidni şaxsiy tintuv qilmoqçi böldik. Qarşilik qilganidan söng uni viloyat IIB binosiga olib kelib, xizmat xonasiga olib kirib şaxsiy tintuv qildik”, degan Eldor Gaziev.
Sudda söroq qilingan tezkor vakillar Şahboz Saidqulov hamda Naim Tolibov ham şunga öxşaş körsatma bergan.
Xolislar nima degan?
Jamşid Akmalovga nisbatan ötkazilgan tezkor tadbirda ikki kişi xolis sifatida qatnaşgan. Ular aslida öşa kuni Samarqand viloyati IIBga Şahboz Saidqulovga boşqa bir iş doirasida yozişmalar aks etgan 80 varaqli skrinşotlarni beriş uçun borişganini aytgan.
Jamşid viloyat IIBga olib kelingan Malibu ham ana şu xolislarga tegişli bölgan.
“Xodimlar şu kuni Jamşid ismli şaxsni olib kelişdi va maşinaga mindirişdi. Birgalikda viloyat IIBga kelib, bir binoga kirdik. Xodim Jamşidning çöntaklarini kovlab, u yerdan pullarni çiqardi. Dastlab söm pullar çiqdi, keyin xodim “bu 300 AQŞ dollari” deb körsatdi. Söngra meni boşqa xizmat xonasiga olib ötib, u yerda pullarni körsatib, tadbir iştirokçisiga pul beriş töğrisidagi bayonnomani imzolatdi. Şu kuni Jamşidning çöntagiga xodim pul tiqqanini yoki uni biron kişi urib, tan jarohati yetkazganini körmadim”, degan xolislardan biri.
Sudda ikkinçi xolis ham söroq qilingan.
Har ikki xolis muhim bir jihatni, yaʼni “dastlab Jamşiddan 300 AQŞ dollarini olib qöyiş töğrisidagi bayonnoma, keyin esa “Aliş” ismli şaxsga pul beriş töğrisidagi bayonnoma imzolanganini” tasdiqlagan.
“Sehrgar oper” – asosiy dalil
Işni körib çiqqan sudlov hayʼati “delo”dagi bir neçta muhim jihatlarga eʼtibor qaratgan. Şulardan biri Jamşid Akmalovdan “pulni oliş” töğrisidagi videotasvir.
Tezkor vakil Naim Tolibov tomonidan Jamşidni közdan keçiriş protsessual harakati amalga oşirilgan. Xodim sudlanuvçining sportivkasi çap yon çöntagidan birdaniga telefon “zaryadkasi” va nos, öng yon çöntagidan ikkita 50 ming sömlik, bitta 10 ming sömlik va bitta 5 ming sömlik kupyuradagi pullar, 3 dona 100 dollarlik bölgan jami 300 dollar pul olgan.
Xodim pullarni olişda barçasini çap qöliga olib, ularni qöliga qisib olgan holda bittama-bitta öng qöliga olib körsatgan. U ikkita 50 ming sömlik, bitta 10 ming sömlik va bitta 5 ming sömlik kupyuralarni körsatgan va ularni nomma-nom şarxlagan. Buklanib turgan dollarlarni esa sanamagan holda (!) birdaniga “Bu yerda 300 AQŞ dollari bor”, deya eʼlon qilgan.
Tadbir iştirokçisi bölgan “Aliş”ga tezkor tadbir uçun 400 dollar taqdim qilingani aytilgan. Rasmiylaştirilgan bayonnomalarga köra, Jamşidning yonini közdan keçiriş va daliliy aşyoni olişharakati soat 23:35da boşlanib, soat 23:55da tugatilgan. “Aliş”dan 100 dollar va 1,02 gramm mefedronni oliş esa 15-mart kuni soat 00:10dan 00:30ga qadar vaqt oraliğida amalga oşirilgan.
Bu şaxsiy tintuv qilgan tezkor vakil “Aliş” giyohvandlik vositasini “300 dollarga sotib olgani”dan xabari bölmay turib Jamşidning çöntagidan olib, qölida qisib turgan pul 300 dollar ekanini qayerdan bildi, degan savolni örtaga çiqargan.
Quvvati tugab qolgan diktofon
Jinoyat işining eʼtiborli jihati şundaki, Jamşid Akmalov “Aliş”ga mefedron sotganini tasdiqlovçi tezkor tadbirda olingan audio yoki videotasvirlar yöq. Buni sudda söroq qilingan “oper” Eldor Gaziev diktofon quvvati tugab qolgani bilan izohlagan.
“Aliş” ismli şaxsga haqiqatdan ham tadbirda işlatiş uçun ovoz yoziş moslamasi, yaʼni diktofon berilmagan. Tezkor tadbir tez jarayonda bölib qoldi, quvvati tugab qolgani uçun unga diktofon bermadik. Jamşidni uşlaganimizdan söng uni Malibu maşinasiga ötqazib, Samarqand viloyat IIB binosiga qadar olib keliş jarayonida videokuzatuvga yoki avtomaşina içida muloqotlarni ovoz yoziş moslamasiga yozib olmadik.
“Aliş” zamonaviy avtomaşinalardan biri hisoblangan Li-9 içida giyohvandlik vositasini sotib olgan. Bunday avtomaşina içki qismida videokameralar mavjud bölib, avtomatik ravişda işlab turgan. Uşbu videoyozuv dalil sifatida foydalaniş uçun olinmagan. Bunga eʼtibor bermaganman va bilmaganman”, degan tezkor vakil Eldor Gaziev.
Diktofon quvvati tugab qolgan bölsa, nega tezkor tadbirning eng muhim dalil böluvçi nuqtasi – “Aliş” va Jamşidning mefedron oldi-sotdisi kelişuvi heç yöqsa telefon apparatiiga yozib olinmagan, degan savol tuğiladi. Ikkinçi tezkor vakil sudda söroq qilinganida şu savolga javoban nega şunday qilişmaganini “eslolmasligini” bildirgan.
Işlov berilmagan pul
Tezkor tadbirda işlatilgani aytilgan 400 dollar pulga maxsus işlov berilmagan. Buni xodim Eldor Gaziev şunday izohlagan:
“Tadbir uçun berilgan jami 400 dollarni tegişli tartibda kukunlaş yöli bilan maxsus işlov berişga mutaxassislarga bermadik. Çunki köp tadbirlar davomida gumonlanuvçilar maxsus işlov berilgan pullarni tekşiriş uskunasini özlari bilan olib yurişgani sababli tadbirlarimiz buzilmoqda”.
Ekspertizaga “qarşi” sambo usuli
Sudlanuvçi Jamşid öz körsatmasida IIB xodimlari uni urib, tan jarohati yetkazganini, “oper” Eldor Gaziev“labidan ikki tomonga tortganini” aytgan. Xodimlar esa tezkor tadbir Jamşidni heç kim urmaganini taʼkidlaşgan.
2026-yil 16-aprel kuni Samarqand viloyat IIB boşliğining birinçi örinbosari tomonidan tasdiqlangan xizmat tekşiruvi xulosasida “JQB xodimlari tan jarohati yetkazgani holati böyiça tasdiqlovçi obyektiv dalillar, audioyozuv yoki videotasvirlar mavjud emasligi sababli Jamşid Akmalovning vajlari öz tasdiğini topmagan” deb hisoblangan.
Biroq, ekspertiza “Jamşidning tanasida, yaʼni böyin, öng quloq suprasi, kökrak qafasi, çap kurak ustki sohalarida şilinmalari va pastki lab içki yuzasi yumşoq töqimalari lat yeyişi kabi jarohatlar mavjud”ligi haqida xulosa bergan. Xulosada uşbu jarohatlar “yengil tan jarohatlari” guruhiga kirişi, yetkazilgan vaqti 2026-yil 14-mart kuniga töğri kelişi mumkinligi körsatilgan.
Tezkor vakillar Naim Tolibov, Şahboz Saidqulov va Eldor Gaziev tomonidan 2026-yil 14-mart kuni boşliği nomiga yozilgan bildigida Jamşid Akmalov tezkor tadbirda uşlanganida qonuniy talabini bajarmasdan, voqea joyidan qoçiş maqsadida qarşilik körsatganligi sababli unga nisbatan sambo usullari qöllangani maʼlum qilingan.
Ammo “oper”larning bu yolğoni ham sudda öz tasdiğini topmagan. Sababi, “delo”da Jamşidni uşlaş vaqtidagi ikkita videotasvir mavjud. Unda Jamşid şaxsan özi, heç qanday qarşiliksiz Malibu maşinasiga kirib ötirgani va maşina voqea joyidan ketgani, xodimlar unga sambo usulini qöllamagani köringan.
Şuningdek, sudda “Aliş”ning röyxatdan ötmagan va sanasi körsatilmagan arizasi böyiça tezkor tadbir ötkazilgani, tezkor vakillarning imzosi turli bayonnomalarda tubdan farq qilişi aniqlangan.
Oqlov hukmi
JIB Iştixon tuman sudining hukmi bilan harakatlarida u ayblangan narkojinoyat işonarli tarzda öz tasdiğini topmagani va sodir etilgan jinoyatga daxli yöqligi sababli Jamşid Akmalov oqlangan hamda unga oid iş tugatilgan. Sudlanuvçiga nisbatan qöllanilgan qamoq ehtiyot çorasi bekor qilinib, u darhol qamoqdan ozod qilingan.
Bundan taşqari, işda aniqlangan holatlar material tariqasida ajratilib, tegişli protsessual harakatlarni amalga oşiriş maqsadida Samarqand viloyat prokuroriga yuborilgan.
Sudning oqlov hukmi hali kuçga kirmagan. Hukmdan norozi taraflar apellyatsiya şikoyati kiritişi yoki prokuror protest bildirişi mumkinligi maʼlum qilingan.