Markaziy osiyolik Muhammadyusup Ermatovdan Sankt-Peterburg metrosida qöllangan portlovçi qurilma kabi bomba topilgan. Bu haqda Moskva sudiga asoslanib RIA Novosti xabar tarqatdi.

"Gumonlanuvçining akasi aytişiça, u portlovçi qurilmani olib kelgan, lekin qurilmani Jalilovdan olgan", deya ma'lumot bergan tergovçi.

Advokatning tasdiqlaşiça, portlovçi qurilma öz himoyasi ostidagi şaxs yaşagan kvartiradan topilgan.

"Ammo u bu kvartirani boşqa bir oila bilan birgalikda ijaraga olgan. Uyga bombani aynan u keltirganiga dalil yöq", degan oqlovçi.

Sud Ermatovni 10 iyun kuniga qadar hibsga olgan. Uning özi portlaşga aloqadorligini inkor etmoqda.

Ermatov 11 may kuni Moskvada portlovçi moddani noqonuniy saqlaşda ayblanib qölga olingandi. U Qirğizistonda tuğilgan, Sankt-Peterburgda vaqtinçalik röyxatdan ötgan holda yaşagan. Ayni vaqtda u "Terrorizm" va "Noqonuniy ravişda qurol saqlaş" moddalari böyiça ayblanmoqda.

Peterburg metrosining «Sennaya ploşçad» va «Texnologiçeskiy institut» bekatlari oraliğidagi portlaş 3 aprel kuni yuz bergan edi. Hodisa oqibatida 16 kişi, jumladan, terrorçi-xudkuş Akbarjon Jalilov ham halok bölgan, 50 ga yaqin kişi tan jarohati olgan. Portlaş işi böyiça hozirgaça 10 kişi hibsga olingandi.