Sinov Arizona ştatidagi Yuma poligonida ötkazilgan. Unda Dengiz piyodalari korpusining 1-operativ sinov va baholaş eskadrilyasi uçuvçilari qatnaşgan.
Bu yerda gap sakkizta bombani aynan bir lahzada emas, balki nişonga bir marta yaqinlaşiş davomida ketma-ket taşlaş haqida bormoqda. Şu tariqa samolyot har bir bomba uçun nişonga qayta parvoz qilişiga hojat qolmaydi.
StormBreaker nomi bilan ham tanilgan SDB II - oğirligi taxminan 113 kilogramm bölgan kiçik ölçamli, yuqori aniqlikdagi boşqariladigan aviabomba. Materialda keltirilişiça, u turli ob-havo şaroitlarida kamida 70 kilometr masofadagi harakatlanuvçi nişonlarni urişga möljallangan.
StormBreaker’ni F-35 qurollanişiga integratsiya qiliş dasturiy taʼminot muammolari va boşqa qiyinçiliklar sabab keçikkan. Biroq bittada bir neçta bombani qöllaş imkoniyati samolyotning jangovar vazifalarni bajariş usulini özgartirişi mumkin.
AQŞ Harbiy-havo kuçlarining isteʼfodagi general-mayori Jon Norman Air & Space Forces naşriga bergan izohida bu usul uçuvçining nişonga qayta-qayta yaqinlaşişi zaruratini kamaytirişini aytgan. Uning fikriça, bu qöşimça parvozlar bilan boğliq xavfni qisqartiradi va har bir öq-dori uçun qöllaş parametrlarini qölda hisoblaş yukini yengillaştiradi.
StormBreaker’ning tarmoq orqali maʼlumot almaşiş imkoniyatlari nişonlarni uriş hududini oldindan belgilangan maydon bilan çeklaşga ham imkon beradi. Materialda bu xususiyat bombaning avvalgi avlod kassetali öq-dorilariga nisbatan afzalliklaridan biri sifatida keltirilgan.
Hozirgi sinov F-35B modifikatsiyasida ötkazilgan. Uning natijalari bu imkoniyat barça F-35 samolyotlarida allaqaçon joriy etilganini anglatmaydi.













