8 noyabr kuni Qozoğistonning Atirau xalqaro aeroportida yölovçilardan biri uni röyxatga oliş vaqtida hazillaşib qöl yukida bomba borligini aytdi. Birgina şu gapni deb butun aeroportda favqulodda holat e’lon qilindi. Barça yölovçilar u yerdan evakuatsiya qilingan. Lekin guvohlar aeroport xodimlari yölovçidan öç oliş uçun buni qasddan qilganini gapirmoqda.

Aeroport xodimi zudlik bilan bu haqida tegişli guruhga xabar bergan. Şu zahotiyoq aeroport xavfsizlik xizmati butun obektda favqulodda holat e’lon qilib, barçani u yerdan evakuatsiya qilişni boşladi. Mahalliy qozoq naşri – Tengrinews’ga köra, hodisa joyiga yuklarni tekşiriş va xavfsizlikni ta’minlaş uçun favqulodda xizmatlar guruhi çaqirilgan. 

Respublika Transport departamentining tasdiqlaşiça, yölovçi Atiraudan Olmaotaga uçişi kerak bölgan. U röyxatga oliş jarayonida aeroport xodimiga hazil qilaman deb, uning savoliga ha mening sumkamda bomba bor, degan. 

Biroq, tekşiruv ötkazilganidan keyin unda heç qanday portlovçi qurilma yöqligi aniqlangan. Söngra yölovçi yolğon axborot bergani uçun jinoiy javobgarlikka tortiladigan böldi. 

"Uşbu hodisa yuzasidan Qozoğiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi, ya’ni "Terrorçilik akti töğrisida bila turib yolğon xabar beriş" doirasida jinoiy iş qözğatildi. Jabrlanganlar yöq, aeroport normal işlamoqda. Qozoğiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, boşqa ma’lumotlar tergovga aloqador emas", deyiladi rasmiy munosabatda. 

Mahalliy naşrlar tarqatgan videolarda körinişiça, keçqurun e’lon qilingan favqulodda vaziyat sabab yölovçilarning hammasi köçaga çiqarilgan. Aeroport hududi esa örab olinib, reyslar, samolyotlarni qabul qiliş töxtatilgan. Birgina hazilni deb, butun aeroport iş rejimidan çiqqan. 

Endi uşbu yölovçiga qanday jazo berilişi tergov va suddan keyin aniq böladi. Qozoğistonda bunday holatlar aslida tez-tez sodir bölib turadi. Avvalroq, Ostona-Olmaota reysi yölovçisi ham sumkamda taqiqlangan narsa bor deya hazil qilib, javobgarlikka tortilgandi.

Atirau aeroportidagi holatga guvoh bölganlar aslida vaziyat bunday tus olişida aviakompaniya xodimining ham aybi borligini aytmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan biri aynan öşa reys orqali uçiş uçun aeroportda bölgani, aslida yölovçidan öç oliş maqsadida registratsiya stolida ötirgan aviakompaniya xodimi masalani köpirtirganini yozdi.