"MoDem" va Makron partiyasi parlament saylovlarida hamkorlik qiladi. Fransiyaning "Demokratik harakati" (MoDem) yetakçisi Fransua Bayru yangi saylangan prezident Emmanuel Makron partiyasi bilan iyun oyidagi parlament saylovlariga nomzodlar xususida kelişib olganini ma'lum qildi. Bu hayda Reyter agentligi xabar qilmoqda.

"Fikrimça, biz olğa qadam taşladik va yagona hamda ijobiy kelişuvlarga erişdik", — deya Bayru sözlarini keltirgan agentlik. Bunda kelişuvni takomillaştiriş böyiça işlar davom ettiriladi. 

"Marşda" va "MoDem" siyosiy harakatlari nomzodlar borasida ziddiyatlarga bormaslik maqsadida kun davomida muzokaralar olib borgan. 

"Marşda" iyun oyida bölib ötadigan parlament saylovlarida ilgari suradigan nomzodlarining ilk röyxatini taqdim etgan. Harakat boş kotibi Rişar Ferranning matbuot anjumanida aytişiça, ilk röyxatga 428 kişi kiritilgan, unda ayol va erkak nomzodlar soni teng taqsimlangan. Uning sözlariga köra, 52 foiz nomzodlar uçun siyosat yangi maşğulotdir. Çunki, ular şu paytga qadar saylovlarda nomzodini qöymagan.