Hafta oxiri bir qator yorqin uçraşuvlarga boy böladi. Çempionlikni boy bergan «Tottenhem»ning «MYu»ga qarşi öyini, Françesko Tottining katta futboldagi sönggi katta uçraşuvdagi uçraşuvi va uik-endda bizni kutayotgan şu kabi uçraşuvlar haqida Tribuna.Uz hikoya qiladi.

APL. «Tottenhem» — «Mançester Yunayted»
(14 may, 20:30, UzReport, Matç! Futbol 1)

APL juma kuni çempioni aniqlangaç turning markaziy uçraşuvi sifatida qaralayotgan. «Tottenhem» va «MYu» uçraşuviga bölgan qiziqiş biroz pasaygan bölişi mumkin. Biroq bu öyinda ham hal qilinadigan masalalar yetarliça topiladi. Birinçidan bu uçraşuvda «Tottenhem» ğalaba qozonib, heç bölmasa ikkinçi örinni ham özi uçun rasmiylaştirib olişi va qolgan uçraşuvlarni ortiqça bosimsiz ötkazişi mumkin böladi. Ikkinçidan, bu «Mançester Yunayted» uçun çempionat öyinlari orqali YeÇL yöllanmasini qölga kiritiş uçun (mankunianlar Yevropa Ligasi finalida«Ayaks»ni yengsa bu yöllanmani qölga kiritişi mumkin) sönggi imkoniyat böladi

«Tottenhem» «Mançester Yunayted»ga qarşi öz uyida keçgan sönggi 15ta öyinning faqat bittasida (!) ğalaba qozongan. U ham sönggi mavsumda bölib ötgan uçraşuvda kuzatilgan. Ammo sönggi tört uçraşuvdan buyon «MYu» ham bu stadionda ğalaba qozona olmayapti.

La-Liga. «Real» — «Sevilya»
(14 may, 23:00, UzReport) 

«Real» uçun mavsum sönggiga qadar çempionlik uçun halaqit qilişi mumkin bölgan eng jiddiy raqibga qarşi maydonga tuşadi. Uzoq vaqt hattoki çempionlik uçun ham kuraş olib borgan andalusiyaliklar «Barselona» uçun çempionlikdagi sönggi umidlardan biri bölib qolmoqda. Ikki peşqadamning oçkolar teng bölsada, «Real»da bitta öyin zaxirasi saqlanib qolmoqda. Şu boisdan ham «Barselona» «Real»ning kamida bitta uçraşuvda mağlubiyatga uçraşişi şart bölib qolmoqda. Bu yöldagi asosiy umid aynan «Sevilya» bölib qolmoqda.

«Real» uyida keçgan sönggi yetti uçraşuvning barçasida ğalaba qozongan. Sönggi marta «Sevilya» Madriddan 2008 yilning dekabrida ğalaba (4:3) bilan qaytgan. Umuman bu andalusiyaliklarning La-liga doirasida Madridda bölib ötgan sönggi 10 uçraşuvdagi yagona ğalabasi sanaladi.

A seriya. «Roma» — «Yuventus»
(14 may, 23:45, Sport, Mat! Futbol 2)

«Roma» çempionlikdan deyarli umidini uzib bölgan. Bu qaysidir ma'noda jamoa uçun juda kam bölsada qolgan umidni qaytarişga yordam berişi mumkin. Ammo bu uçraşuvdagi ğalaba oraliqdagi farqni qisqartirişga yordam beradi. Çempionat tugaşiga uç tur qolgan «Yuventus» yaqin ta'qibçisidan 8 oçko oldinda bormoqda. Rimliklar bu öyinda birinçi navbatda YeÇLga töğridan-töğri yöllanma beruvçi 2-örinni mustahkamlaş uçun ham maydonga tuşişi kerak böladi. Sababi 3-örinda borayotgan «Napoli» bilan oradagi farq bir oçkoni taşkil qilmoqda.

Bu uçraşuvning yana bir ahamiyatli tomoni, rimliklarning tirik afsonasi Françesko Totti uçun bu uçraşuv A seriyadagi sönggi eng katta uçraşuv bölişi kutilmoqda. Mavsum yakuniga yetgaç, «Imperator» futbolçilik faoliyatini yakunlaydi.

Rimda bölib ötgan sönggi 10ta uçraşuvning 6tasida «Yuventus»ning qöli baland kelgan. «Roma» bu muddatda faqatgina bitta uçraşuvda ğalaba qozonişning uddasidan çiqqan. U ham ötgan mavsumda bölib ötgan uçraşuvda kuzatilgandi.

 

Bundesliga. «RB Leyptsig» — «Bavariya»
(13 may, 18:30, Matç! Futbol 3)

«Bavariya» ketma-ket beşinçi mavsumda Germaniya çempionligini qölga kiritişga ulgurdi. «Leyptsig» esa öz tarixida ilk marta bundesligadagi iştirokida tarixiy natijani qayd etişga ulgurdi. Jamoa mavsumni kamida 3-örinda yakunlab, sovrinli örinlarni qölga kiritiş va YeÇL guruh bosqiçida töğridan-töğri iştirok etiş imkoniyatni qölga kiritdi. Bu uçraşuvda Ralf Hazenxyuttl şogirdlari 2-örinni ham naqd qiliş uçun ğalaba qozonişi kerak böladi. Birinçi davraning sönggi qismida Myunxenda bölib ötgan uçraşuv markaziy uçraşuv sifatida baholangan va öşanda «Leyptsig» çempionlik uçun kuraş olib borayotgandi. Biroq bugungi uçraşuvning qiymati biroz tuşgan.

Ikki jamoa şu kungaça faqat bir marta röbaro‘ kelişgan. Yuqorida eslab ötganimizdek bu joriy mavsumning birinçi davrasida bölib ötgan bölib, öşanda «Bavariya» futbolçilari raqiblariga heç qanday imkoniyat qoldirmagan holda 3:0 hisobida ğalaba keltirgandi. Bölajak öyin «Leyptsig» uyidagi dastlabki uçraşuv bölib tarixga kiradi.