WikiLeaks taşkiloti AQŞ prezidenti Donald Tramp va FQBning işdan ketgan direktori Jyeyms Komi suhbatlari audioyozuvini taqdim etişi mumkin bölgan şaxsga 100 ming dollar berişga tayyor.
"WikiLeaks Tramp va Komining suhbatlari yozuvi uçun 100 ming dollar taklif etmoqda", - deya yozgan taşkilot Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq Tramp FQBning işdan böşatilgan direktori Jyeyms Komini özaro suhbatlarini OAVga bermaslik haqida ogohlantirgani xabar qilingandi.
Tramp FQB direktorini 9 may kuni iste'foga çiqardi. Prezident ma'muriyatining ta'kidlaşiça, bunday qarorga davlat rahbarining unga nisbatan “işonçi yöqolgani” sabab bölgan.












